III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Qachondir o‘z huquqlaringizni yoki boshqa odamlarning huquqlarini himoya qilishingizga to‘g‘ri kelganmi? Qaysi hollarda ana shunday zarurat paydo bo‘lishi mumkin? Boshqa odamlarning huquqlariga putur yetkazilganda chetda qolishingiz mumkinmi? Afsuski, inson ayrim hollarda kamsitish va haqoratlarga duchor bo‘ladi. Inson huquqlariga putur yetkazilgan barcha hollarda u o‘z huquqlari himoya qilinishiga ehtiyoj sezadi. Hozirgi kunda davlatning o‘zi ana shunday himoyachi rolini qonunlari, sudi va huquq-tartibot organlari orqali bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |