Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O`quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O`quvchilar davomatini aniqlash.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini o‘z ichiga oladi. Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasida jinoyat huquqi prinsiplarining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniylik va fuqarolarning tengligi prinsipi tashkil etadi (O‘zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.). So‘ngra jinoiy javobgarlik, jazo tayinlash va uni ijro etish, jazodan ozod qilish kabi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan prinsiplar aks ettirilgan. Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. Jinoyat huquqiga oid ko‘rsatmalarni qo‘llash vakolatlariga ega bo‘lgan davlat idoralarining mansabdor shaxslariga normativ prinsiplarning ta’siri ularning faoliyatida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarni aniq va to‘g‘ri qo‘llashni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va talabchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi.
Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlik-osoyishtalik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |