Maktab o'qituvchilari jismoniy tarbiyasining pedagogik asoslari kurs ishi



Download 0,89 Mb.
bet1/6
Sana26.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#705781
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTAB O\'QITUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI KURS ISHI


MAKTAB O'QITUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI KURS ISHI


MUNDARIJA:

Kirish


    1. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi
    2. Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiya jarayoninning zamonaviy tuzilishi


    1. . Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasida pedagogik texnologiyalar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. CHunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.
Mustaqillik yillarida bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlod­ning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. SHahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog'lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
Istedodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo'yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumtalim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg'ulotlarda qobiliyati ko'zga tashlangan o'g'il-qizlar bolalar va o'smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Oliy o'quv yurtlari va o'quv-yig'in mashg'ulotlarida mahoratini oshirmoqda.
Buning natijasida mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g'alabalarni qo'lga kiritib, xalqimiz salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Xususan, sportchilarimiz 2016 yili Braziliyada o'tgan Olimpiya o'yinlarida 13 ta, Paralimpiya o'yinlarida 31 ta medalga sazovor bo'lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug'ullanishga jalb etish, jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o'tkazish, Milliy olimpiya qo'mitasi, sport turlari bo'yicha federaciyalar va associaciyalar bilan birgalikda istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.1
O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tuzilmasidagi O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi ijro apparati, 300 ga yaqin sport talim muassasasi Davlat qo'mitasi tasarrufiga o'tkazildi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirish borasida jamoatchilik fikrini o'rganish, tahlil qilish, sohadagi ishlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish maqsadida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi tashkil etildi.
Hududiy boshqaruv organlari tarkibida 201 ta tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sport bo'yicha vakillar faoliyati yo'lga qo'yildi. Bu joylarda sohaga oid davlat siyosati, farmon va qarorlar ijrosini to'la taminlash, sportni quyi pog'onalardan rivojlantirishda muhim o'rin tutmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda sohaga oid yana 20 dan ortiq hujjat – Prezidentimizning farmoyish va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. Bu ham davlatimizning jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga etiboridan dalolat beradi.
Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini jismoniy tarbiya shakillari orqali rivojlantirish uslubiyati. O’quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari Umumtalim maktablari o’quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiyaning shakllariga quyidagilar kiradi: mashg’ulotgacha gimnastika mashqlari, jismoniy mashq daqiqasi, tanafiuslar vaqtidagi o’yinlar, kuni uzaytirilgan vaqtlardagi sport soati, sayrlar. Maktabda darsdan avval o’tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi dars oldidan o’tkaziladi. O’quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan, ularning sog’lig’ini mustahkamlash bo’lsa, ikkinchi tomondan, o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishga2
erishishdir. Darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika o'quvchilaming diqqatini faoliyatga jalb etadi va ularni darsga tayyorlaydi. Darhaqiqat, maktabga bolalarning ba’zi birlari oldin kelsa, boshqalari gimnastikaning boshlanish paytiga yetib keladi. O’quvchilarning ba’zilari maktabga kelgunga qadar o’ynab, yugurishga ulgurgan bolsa, boshqalari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, ayrimlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar, ya'ni dars boshlanishidan oldin hamma o’qu vchilarning ham diqqati bir yerga to’planmagan boladi. Shuning uchun ularning diqqatini jamlash va aqliy mehnatga tayyorlash lozim. Ana shuning uchun ham mashg’ulotdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalarni tinchlantiradi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, tetiklashtiradi. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani har bir maktabda o’tkazish shart. Maktab ma’muriyati va jismoniy tarbiya o'qituvchilari bu tadbirni yaxshilab yo’lga qo’yish uchun o’qituvchilar jamoasi, o'quvchilar, ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Agar pedagoglar yig’ilishida darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika jiddiyroq muhokama qilinsa, bu holda gimnastika maktab hayotiga tezroq singadi. Mashg’ulotgacha gimnastika o’tkazilishi maktab direktorining buyrug’i bilan e'lon qilinsa, yanada yaxshi bo’ladi, chunki bu holda o’quvchilarning intizomi yaxshilanib, bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini o’tkazish uchun eng yaxshi o’quvchilar va faollarni o’ziga yordamchi qilib tayyorlashi kerak. O’quvchilarga mashq majmualarini jismoniy tarbiya darslarida o’rgatish mumkin. Ular esa bu majmualarni uyda o’zlari mustaqil ravishda puxtalaydilar.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish