Maktab o'qituvchilari jismoniy tarbiyasining pedagogik asoslari kurs ishi



Download 0,89 Mb.
bet4/6
Sana26.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#705781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTAB O\'QITUVCHILARI JISMONIY TARBIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI KURS ISHI

3.1.Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasida pedagogik texnologiyalar
Maktabda jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi jismoniy mashqlardir. Jismoniy mashqlar o‘quvchilarda harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etadi, harakat apparatining rivojlanishiga yordam beradi, qon aylanish va modda almashishini yaxshilaydi, nafas olishga ijobiy ta’sir etadi. Maktabdagi jismoniy tarbiyaga oid amaliy ishlarda qo‘llaniladigan harakatlar tezkorlikni, epchillikni, egiluvchanlik, kuchni, chidamlilikni rivojlantiradi va kishining yurish, yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi tabiiy harakatlarni to‘g‘ri bajarish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri qo‘llashda mashqlarni tanlash va ularni o‘tkazish uslubiyati katta ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlar harakatlariga o‘rgatish jarayonining bir qismida ham shuningdek yaxlit jarayonning ishtirok etadi. O‘yin va musobaqalar tarkibida jismoniy mashqlar 16 mavjud bo‘lib bolalarni jismoniy rivojlanish hamda jismoniy fazilatlarni takomillashtirishni amalga oshiradi. Bolalar organizmining eng muhim xususiyati- bo‘yning tez o‘sishi va tananing hamma organlarida sifat o‘zgarishlari bo‘lishidir. Ayniqsa, oyoqlar tez o‘sadi. Bu tana mutanosibligini o‘zgartiradi. Tana og‘irligi yiliga o‘rtacha ikki kilogramm ko‘payadi. Suyak bo‘lish jarayoni tez kechadi, lekin suyak to‘qimalarida organik moddalar va mineral tuzlar nisbatan kam bo‘ladi, shunga muvofiq suyaklar egiluvchanligi, elastikligi bilan ajralib turadi, skeletda tog‘ay to‘qimalari ko‘p bo‘ladi. Suyak sistemasining rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra bolalik yoshida haddan tashqari jismoniy yuklama, uzoq muddatli turg‘un harakatlar qilish, balanddan va qattiq joyga sakrashlar man etiladi. Muskullar va umurtqa paychalari bolalarda kam rivojlangan, umurtqalar orasidagi tog‘ay qatlamlari kattalarnikiga qaraganda qalin bo‘ladi. Yetti yoshga borib umurtqaning hamma pog‘onalari bo‘ladi, lekin ular keyinroq qotadi. Umurtqa egiluvchanligi bilan farqlanadi, noqulay sharoitda esa uning shakli o‘zgarishi xavfi tug‘iladi. Bu yoshda umurtqaning turli xil noto‘g‘ri o‘sishlari kuzatiladi. Shuning uchun o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi vositasi sifatida tabiat omillari suv, quyosh, havo muolajalaridan keng foydalaniladi. O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasida tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish bo‘yicha ishlar o‘qituvchining ota-onalar va bolalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Tabiat omillar yordamida chiniqish muolajalari har bir dars mashg‘ulotlari va kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari amalga oshirilib borish kerak. Shunga qaramay chiniqish tadbirlarining asosiy qismi sayrlar va turizmda o‘tkaziladi. Unda bolalarni suzish va cho‘milish, quyoshda toblanish hamda toza havoda sayr qilish va o‘yinlar musobaqalar o‘tkazish tadbirlari amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyada tibbiy nazorani tashkil etish.
Maktabda jismoniy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Maktabda tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan 17 foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Maktab shifokori bolalarning salomatligi va jismoniy tarbiyasi masalalari bo‘yicha o‘qituvchilarni eng yaqin maslahatchisi, sanitariya- gigiena talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi hisoblanadi. Shifokorning bolalar salomatligi va jismoniy tarbiyasiga ta’alluqli hamma ko‘rsatmalari o‘qituvchi uchun majburiydir. Shifokor tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda xar bir o‘quvchining salomatlik holati bilan batafsil tanishib chiqadi: tekshirilayotgan o‘quvchining oilasida va o‘zida qanday kasalliklar bo‘lganligini aniqlaydi; angina va gripp kasalliklariga e’tibor beradi; tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklar bilan qiziqadi; og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, ta’m bilish, tishlar holatini o‘rganadilar; tashqi qiyofasini ko‘rikdan o‘tkazadi va teri, limfa bezlar, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi kabilarning holatini hamda oyoq va tovonlar shaklini aniqlaydi; antropometrik ko‘rik o‘tkazadi; nerv sistemalari, nafas va qon aylanish organlari, ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat apparati holatlarini aniqlashga katta e’tibor beradi. Vaqti-vaqti bilan rentgenografiya yoki rentgenoskopiya, qon, siydiklar tekshiruvi va boshqa laboratoriya tekshirishlari o‘tkazib boradi.
O’rta maktab yoshdagi bolalar jismoniy tayyorgarligiga jismoniy tarbiya shakllari orqali shakllantirish bo’yicha turli adabiyotlarda bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir xil talqin etilmaydi. Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi pedagogik g‘oyalari. Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab-yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq.
Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi - farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq -odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz», - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma’ruzasida. «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilganligi, Xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Abu Ubayd Abdal-Vohid ibn Muhammad al Juzjoniy yozib qoldirgan manbalardan ma’lum bo‘lishicha, O’rta Osiyoning mashhur olimi, o‘rta asr yuksalish g‘oyasining kurashchisi Abu Ali ibn Sino 1002—1011 yillarda Xorazmshoh saroyida xizmat qilganida Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad as-Sahlidan «Tozalik haqida risola» nomli kitob yozishga buyurtma olgan. U hozir Abu Ali ibn Sinoning butun dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ga asos bo‘ldi. Olim risolasini quyidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan:
1. Toza havo.
2. Hammom.
3. Taom.
4. Jismoniy harakat.
5. Uyqu va tetiklik.
Ibn Sino o‘z risolasining to‘rtinchi bobida: «Jismoniy tarbiya mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Ular juda tez ham bo‘lmasligi kerak, aks holda ular qisqa davom etishiga qaramay kishiga uzoq bo‘lib tuyuladi, shuningdek, bu mashqlar o‘ta bo‘sh bo‘lmasligi ham kerak, aks holda ular uzoq davom etadigan mashqlar, kishiga juda qisqa bo‘lib tuyulmasin»,- deydi. Bundan ko‘rinadiki, Abu Ali ibn Sino o‘rta asrlardayoq jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariniig inson hayotida tutgan o‘rni va mohiyatini nazariy asoslab bergan.
O’zbekistonda jismoniy tarbiyaga qadim zamonlardan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badantarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuzni bir necha marotaba yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib, tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida 100 dan ziyod xalq o‘yinlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. “Alpomish” o‘zbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Zayniddin Vosifiyning “Nodir voqealar”, Boburning “Boburnoma” asari va boshqalarda jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahs-munozaralarining xilma-xil namunalaridan hikoya qilinadi.
Bu olimlarning fikrlaridan ham ko’rinib turibdiki sog’lom turmush tarzini shakillantirish uchun albatta jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishimiz lozim.
Jismoniy tayyorgarlik bu asosan insonni jismoniy sifatlari va har akat ko’nikma va malakani shskillantiruvchi jarayon dir. O’rta mktab yoshidgi bolalar jismoniy tayyorgarligiga jismoniy tarbiya dars shakllarining qanday ta’siri mavjud; Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - hordiqni chiqarish, o’quvchilar ish qobiliyatini oshirish.
Malumki, uzoq vaqt qimirlamasdan o’tirish natijasida qo’l va oyoq barmoqlarining, tos, qorinning qon bilan ta'minlanishi susayadi. Bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi yomonlashsa, kishining asab hujayralari ish faoliyati susayadi, bu esa, o’z navbatida, diqqatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Katta tanaffiislarda turli o’yinlar o’tkazish o’rta sinf o’quvchilari bilan quyidagilami amalga oshirishga yordam beradi: - harakat faolligini oshirish; - faol va mazmunli dam olish va hordiq chiqarishni tashkil etish; - butun organizmning tetikligi va ish qobiliyati tezroq tiklanishini ta'minlash; -jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish. Tanaffuslarda o’tkaziladigan o’yinlarga harakatli o’yinlar, to’p, arqoncha bilan mashqlar, tirmashib chiqish va oshib o’tishlar, raqs elementlari, ritmik gimnastika, quvnoq musobaqalar kiradi. Jismoniy mashqlar shunday tanlanadiki, bularda qo’l, so’ngra yelka, tana, oyoq mushaklari ketma -ket qatnashsin.
Bunda yuraktomir va nafas olish tizimi yetarli darajada yuklama olishini kuzatish mumkin. 1-9-smflar uchun moljallangan jismoniy tarbiya dasturida jismoniy-sog’lomlashtirish ishlarining turlari keltirilgan bo’lib, ular orasida kuni uzaytirilgan guruhlardagi kundalik sport soatlari asosiy o’rinni egallaydi. Ularning maqsadi o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, aqliy va jismoniy zo’riqishlarning oldini olishdan iborat. 9
Maktabda darsdan avval o’tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi dars oldidan o’tkaziladi. O’quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad, bir tomondan, ularning sog’lig’ini mustahkamlash bo’lsa, ikkinchi tomondan, o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika o'quvchilarning diqqatini faoliyatga jalb etadi va ularni darsga tayyorlaydi. Men tadqiqotim davomida 23-sonli maktab 6-7 sinf o’quvchilari orasidan 14 nafar o’quvchini tablab olib ular ustida ish olib bordik.


Biz tadqiqotimiz davomida 23-son maktab o’quvchilari orasidan ko’proq haratdagi mashqlar orqali qiziqtirishimiz, ularni shu muhitga olib kirishimiz lozim bo’ladi. Buning uchun biz maxsus jismoniy tarbiya daqiqalari, katta tanafusdagi o’yinlardan foydalanishimiz lozim. Tezkorlikni rivojlantirish uchun ,, Kim o’zdi’’ ,, To’pni savatga tashlash’’ ,, O’tirirshdan turishga o’tish’’ ,, Bayroqni olib kel’’ ,, Uni tut’’ Chaqqonlikni rivojlantirish uchun ,, Yashiringanni tut’’ ,, Ismni top’’ ,, Aldamchi harakat’’ kabi harakatli o’yinlardan foydalandik.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish