Pedagogik mahorat va kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlari: Inson shaxsini rivojlanishida uning mustaqil faoliyati, ya’ni mustaqil ta’Iim va mustaqil ma’Iumotlar olishi hamda o'zini-o'zi tarbiyalashi muhim ahamiyatga ega bo'lib, pedagogik jarayonlarda o'qituvchilar kasbiy kompetentliligini rivojiantirishning asosi sifatida ta'Iim - mustaqil ta’Iim, tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya, ma’Iumot-mustaqil ma’Iumot va tarbiyaviy munosabatiar jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur.
Insonga tug'ma ravishda xatti-harakatlarning hech qanday, na ijtimoiy, na noijtimoiy dasturiari berilgan emas. Har bir inson uchun, shaxs sifatida fazilatlarning shakllanish jarayoni amalda noldan boshlanadi. Shuning uchun ham ma’lum maqsadlarga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarning maqsadi, mazkur jarayonda yaratiladigan shart-sharoitlar inson shaxsini shakl- lantirishning umumiy qonuniyatlarini inkor etmaydi.
Insonning rivojlanishida u yashayotgan muhit, unga ta’Iim- tarbiya berishda ta'Iim muassasasi jamoasi munosabatiari, vujudga kelayotgan ta’iimiy muhit va pedagogik jarayon ishtirokchilarining shaxsiy sifatlari, xatti-harakati, dunyoqarashi, tajribasi, bilim, ko'nikma va malakalari muhim ahamiyat kasb etadi.
"Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’Iimdan ajratib bo'Imaydi- bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” deb aytilgan fikriarga asoslanib, ta’Iim va tarbiya tushunchalarini o'zaro bog'liqiigi va aloqadorligini, ya’ni yaxlit holda tushunish zaruriyatini inobatga olgan holda ularning ' mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tamiz.
Tarbiya - shaxsning rivojianishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir aviodning ijtimoiy tajribasini keyingi avlodlar tomonidan o'zlashtirilishi va ularning ijtimoiy hayotga qo'shilishlarini ta’minlab beruvchi zaruriy faoliyat, u shaxsning tarbiyalanganlik darajasi mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllantirish bilan bog'liq holda tarixan shakllanib kelgan pedagogik tushuncha.
Uning yordamida shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga tashqi muhitning ta ’sirini fan va amaliyot isbotlab beradi. Inson butun umri davomida hayotda kimningdir tajribasiga tayanadi hamda unga asosan o'zining ko'nikma va malakalarini shakllantirib boradi. U faqat o'tmish merosxo'ri sifatida ijtimoiy hayotga qo'shilib boradi va kelajak uchun tayyorlanadi.
Tarbiyaviy jarayon - rivojianib borayotgan aviodning katta yoshdagilar tajribasini egallab borish jarayoni bo'lib, u insonlar rivojianishini boshqarish hamda ularning shaxsiy xislatlari shakllanishiga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.Ayrim hollarda ta’Iim, tarbiya va rivojlanish o'rtasida o'zaro bog'liqiik yo'qdek tuyulsa-da, aslida ular o'rtasida bog'liqlik juda murakkab va ahamiyatlidir. Inson shaxsi ta’Iim-tarbiya jarayonida rivojianib boradi, rivojlanish darajasi uning shaxsiy xislatlariga ijobiy ta’sir ko'rsatadi ya’ni o'zgartiradi, shakllantiradi.
Ilmiy asoslarda tashkil etilgan ta'Iim-tarbiya jarayoni shaxsning rivojlanish darajasini tezlashtiradi va shakllangan shaxsiy xislatlar, dunyoqarash, tushuncha, bilim, ko'nikma va malakalar, shuningdek unda shakllangan qobiliyat yana ta’Iim- tarbiya jarayoniga qayta ta’sir ko'rsatadi. Shu tarzda insonningbutun hayoti davomida bu ta'sir va aks ta’sirlar o'zaro bir-birini to'ldirib, ta ’minlab boradi.
Hayotda "tarbiya” tushunchasi juda keng qo'llaniladi. Tajriba o'rgatish, tarbiyalash ommaviy axborot vositalari yordamida, san’at orqali hamda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bularni amalga oshirishda mas’ul shaxsning ma’Iumoti muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’Iumot shaxsning tushunchasi, dunyoqarashi, bilim, ko'nikma va malakalari darajasini ifodalovchi tushuncha bo'lib, ma’lum maqsadga yo'naltirilgan, inson shaxsining rivojianishini ta’minlovchi, maxsus tashkil etilgan tizimda shakllantiriladi. Maxsus tashkil etilgan ma’Iumot beruvchi tizim - bu ta ’Iim-tarbiya muassasasida tashkil etiiadigan pedagogik jarayonlar bo'lib, ular maxsus dasturlarga asosan tegishli ma’Iumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'Igan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ma'Iumot aniq bir yoshdagi shaxslarda bilim, iqtidor va ko'nikmalarning o'zlashtirilganligini, intellektual qobiliyati o'sganligi va ular asosida ilmiy dunyoqarash, shaxsiy sifatlar shakllanganligini, intellektual salohiyati va qobiliyatlarining • qay darajada rivojianganligini anglatadi. Qachonki, inson ma'Iumoti to'g'risida gapirilganda uning ma’Iumotliligi tushuniladi.
Ma’Iumotlilik - shaxsiy sifat ko'rsatkichi, ya’ni shaxsning rivojianish darajasi, uning tajribasi, bilim, ko'nikma va malakalarni qay darajada o'zlashtirganligi va ulardan foydalanish hamda ular yordamida yangi bilim-ko'nikmalarni egallab, to'ldirib borish qobiliyatlari tushuniladi.
Ma’lumotli shaxsni shakllantirishda nafaqat tarbiya jarayoni, balki shaxsda bilim, ko'nikma va malakalar shakllantirish va rivojiantirish jarayonlari mavjud bo'lib, bu jarayoniarni tashkil etish negizida ta’Iim jarayoni o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu o'z navbatida ta ’Iim va tarbiyaning o'zaro birligini ifodalaydi.Ta’Iim - tajribalar almashinish jarayoni bo'lib, rejali ravishda amalga oshiriladigan “o'qituvchi-o'quvchi” muloqoti, uning natijasida ma'Iumot, tarbiya va rivojlanish amalga oshadi.
O'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlarida motivlashtirish juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ta ’Iim muassasalarida nafaqat malaka oshirish kurslarida ta’Iim olish, balki mustaqil ta'Iim olish uchun ham shart-sharoitlar yaratilishi zarur bo'lib, bunda o'qituvchilarning mustaqil ta’Iim olish jarayonini ham nazorat qilish va muvofiqlashtirish o'ziga xos ahamiyat kasb etadi va unda davlat va jamiyat, shaxs, fan va ishlab chiqarish ehtiyojiaridan kelib chiqqan holda motivlashtirish amalga oshiriladi.
Motivlashtirish o'qituvchilarning o'z kasbiy kompetentliligini rivojiantirish yo'nalishidagi xatti-harakatlariga turtki beradi, erishish zarur bo'Igan maqsadlarni belgilaydi. Motivlashtirish ta’Iim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining hamkorlikdagi faoliyatini rivojiantirish va takomillashtirish yo'nalishida harakatga keltiruvchi dinamik jarayon hisoblanadi.
Motivlashtirish jarayonida o'qituvchilar ehtiyojiari yoki ularning umumiy manfaatlarini ifodalovchi ehtiyojiarni inobatga olish zarur, chunki motivlashtirish ehtiyojiarning qondirilishi asosida amalga oshiriladi. Demak, ehtiyojiar o'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojiantirishga xizmat qiluvchi faoliyatga, ya ’ni o'qish, o'rganish va bilim olishga yo'naltiruvchi motivlar bo'lib, o'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojiantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularni jismoniy yoki aqliy mehnatga, shuningdek, dam olish, bilim olish, hunar o'rganish, umuman olganda yashash uchun kurashishga chorlaydi.
O'qituvchilarning ehtiyojiari turli xil bo'lib, ularning psixologik xususiyatlariga, ya’ni odati, didi va kayfiyati, yoshi va sog'ligi, jinsi, oilaviy ahvoli, mehnat qilish va yashash sharoitlariga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, ko'p yillik tajribaga ega bo'Igan o'qituvchi bilan birinchi yil faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchining, oila qurgan o'qituvchi bilan uylanmagan o'qituvchining ehtiyojiari bir-biridan o'zgaruvchan bo'lishi kabi o'qituvchilarning ham ehtiyojiari o'zgaruvchan bo'lib, yashash va ish sharoitlari o'zgarib, rivojianib borgan sari ehtiyojiar ham ortib boradi.
O'qituvchilar o'sib-ulg'ayib, ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlar rivojianib, taraqqiy etib borar ekan, barcha ehtiyojiar ham ularga uzviy bog'liq holda ortib boraveradi.
Xulosa
O'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlarining samaradoriigini ta’minlashda o'qituvchilarning faoliyati, ta’Iim-tarbiya jarayonining holati, o'qituvchilarning ta’Iim- tarbiya jarayoniga bo'Igan munosabati, ularning o'zaro munosabatlari, shuningdek, ta’Iim-tarbiya jarayonining samaradoriigiga ta’sir ko'rsatayotgan boshqa omillar, o'qituvchilarning tasavvuri, tushunchalarining rivojianishi, dunyoqarashining o'zgarishi to'g'risida yetarli axborotlar to'plash zarur.
Ta’Iimga yangicha yondashuvlarni joriy etish, birinchi navbatda, ta’Iim mazmunini yangilash, ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning zamonaviy metodlarini tatbiq etish, ta’Iim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarishni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning talablariga mos o'zgartirish, o'qituvchilarni qayta tayyoriash va malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish va takomillashtirish hamda innovatsion ta’Iim muassasalarining barcha turlariga xos innovatsion faoliyatning strukturaviy komponentlariga asoslanishga bog'liq.
Hozirgi zamon sharoitida, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va texnologiyalar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularning mohiyati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining 80-foizi ta’lim jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir. O‘quv jarayonini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani to‘g‘ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, o‘'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishda motivlashtirishning samaradorligi erishish mumkin bo'Igan natijalar bilan erishilgan natija o'rtasidagi munosabatlarni ifodalashi, o'qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojiantirish jarayonlarida natijaviylikni ta’minlash uchun quyidagi shartlarning bajarilish zaruriyatini belgilaydi:
o'qituvchilarning bilimi, ko'nikma va malakasi, tajribasi hamda o'z faoliyati samaradorligi haqidagi fikriariga ilmiy yondashishi;
kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlari hamda tarbiyaviy munosabatiar jarayonlarida motivlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
o'qituvchilarda uzluksiz malaka oshirishga bo'Igan ijobiy motivlarni shakllantirish;- o'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish uchun zaruriy va quiay shart-sharoitlar yaratuvchi ijodiy muhitni vujudga keltirish;
kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlarining o'zaro bog'liqiigi va aloqadorligini inobatga olish;o'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlariga murakkab innovatsion pedagogik tizim sifatida yondashish;
kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlarida o'qituvchilarda o'z faoliyati samaradorligini o'rganish, tahlil qilish va ob’yektiv baholash ko'nikmalarini shakllantiruvchi refleksiv yondashuvni joriy etish;
kasbiy kompetentlilikni rivojiantirish jarayonlarida shaxsga yo'naltirilgan ta’sirni ahamiyatini va o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |