Kurs ishi tarkibi: Tadqiqot ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning vujudga kelishi
Respublikamizda ta’lim tizimi va uning sifatini oshirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu esa, kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berish, ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu imkoniyatlardan foydalangan xolda bugungi davr talabiga mos yosh avlodni tarbiyalash, albatta, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyatlar yuklaydi. Shunday ekan avvalo, yosh avlodga ta’lim va tarbiya beradigan pedagog xodimlarning o‘zini zamon talabiga moslashtirish, ularni innovatsion kompetent kadr sifatida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ma’lumki, taraqqiyot har qanday soha yoki jamiyatning yangilanuvchi, takomillashuvchi, to‘ldiruvchi kerak bo‘lsa, bir-birini inkor qiluvchi xarakterga ega bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tadi. Shu nuqtai nazardan, barcha mamlakatlardagi kabi bizning yurtimizda ham ta’lim tizimiga yangicha yondashuvlarning umumbashariy konsepsiyalar asosida kirib kelishi, uning takomillashuvi taraqqiyot mezoni hisoblanadi. Zero, so‘ngi yillarda butun dunyoda mehnat bozoridagi talabning tez o‘zgarishi, ish beruvchilarning faqatgina uning bilimi, ko‘nikmasi va malakasigagina emas, balki uning shaxsiy sifatlariga ham e’tibor qarata boshlaganligi bilan belgilanadi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qo‘shma qarorida o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va tegishli tartibda tasdiqlanishi ko‘zda tutildi. Ma’lumki, ushbu yo‘nalishda ishlar 2013 yilda boshlangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining tajriba-sinovlari 2017 yilgacha davom etdi. Bugungi kunda ham YuNESKO ta’lim granti doirasida Davlat ta’lim standarti loyihasida o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’limga tegishli qabul qilingan bir qator davlat qarorlari, tegishli vazirliklarning buyruqlari va shu sohadagi o‘tkazilgan ilmiy-uslubiy tadqiqotlar natijasida ta’lim tizimiga yangicha munosabat va yondashuvlar joriy etildi. Xususan, Respublikamizda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli qarorining qabul qilinishi ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvning amaliy tadbiqini ta’minladi.
Ayni paytda ta’limdagi kompetensiyaviy yondashuv - butun o‘qitish tizimini, moliyaviy ta’minotdan tortib ta’lim jarayoni mazmunigacha o‘zgartirish lozim, degan xulosani keltirib chiqaradi. Ta’lim muassasasi bitiruvchisiga qo‘yilayotgan davlat ta’lim standartining o‘zgarishi o‘quvchilarga kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim berishni maktabning boshlang‘ich sinflaridan boshlash kerakligini anglatadi. Bu esa, ayni paytda o‘quvchilarda fanga oid va tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ularni fan yangiliklari bilan tanishtirib borish uchun birinchi navbatda o‘qituvchilarni innovatsion kompetenligini rivojlangan bo‘lishi zarur.
Ma’lumki, belgilangan tayanch kompetensiyalar ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun talab qilinadigan natijaviy standart talabini belgilaydi. Ularni shakllantirish fanlarni o‘qitish jarayonida amalga oshirilishini nazarda tutilsa, fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning qay darajada muhimligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Demak, tayanch va fanga oid kompetensiyalar integratsiyasi ham ta’minlanishi zarur bo‘lgan asosiy didaktik jarayonlardan hisoblanadi. Jumladan, bugungi fan o‘qituvchilari qanday innovatsion kompetentlikka ega va ular o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda, mantiqiy fikrlashini kuchaytirishda qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi mumkinligi masalasi qaralmagan. Shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, bugungi kungagacha kompetensiyaviy yondashuvning aniq ilmiy mezonlar bazasi yaratilmagan va bu yo‘nalishda ayrim xususiy, ilmiy-metodik ishlanmalar mavjud.
XX asr oxiri va XXI asr boshida dunyo fani va amaliyotida kompetensiyaviy yondashuv e’tirof etilib keng tarqala boshladi. Kompetensiyaviy yondashuv bu amaliyotdagi bilimlar sistemasi hisoblanadi. Kompetensiya tushunchasi dastlab XX asrning 70 yillarida AQSh da paydo bo‘lib, asosan ishbilarmonlik munosabatlarida ishlatilgan3. Yevropada esa, 1992 yilda tayanch kompetensiyalar tarkibini ifodalash va uni shakllantirish jarayoni muammosi xorijiy nazariyasi va amaliyotida Rossiyada V.I.Baydenko, A.M.Novikov, Ye.V.Bondarevskaya va boshqalar tomonidan asosan innovatsion ta’limda o‘rganilgan. A.V.Xutorskiy tomonidan “Kompetentsiya – o‘zlashtirganlik, inson tomonidan tanlagan kasbiy faoliyatiga oid kompetensiyalarni egallaganligi, unga bo‘lgan shaxsiy munosabati, kasbiy tayyorgarlik jarayonida shakllanuvchi bilimlarning kompetensiyalar tizimi sifatida sub’ekt faoliyatida namoyon bo‘lishi, innovatsion faoliyat mohiyatini tashkil qiluvchi funksional vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beruvchi layoqat”4 deya, izohlangan. Undan tashqari A.A.Xutorskoy umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish jaryonining asosiy yo‘nalishlarini ochib berdi. Lekin, tayanch kompetensiyalarning ta’rifiga bo‘lgan yondashuvning shakllanmaganligi, universal ko‘nikma va malakalarning didaktik hajmining ishlab chiqilmaganligi bu tayanch kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyalarini ta’lim jarayoni uchun ishlab chiqish va qo‘llash qiyinchilikni vujudga keltiradi.
Pedagog kadrlarning kasbiy kompetentliligiga oid masalalar esa, L.A.Petrovskaya, M.G.Davletshin, S.T.Turg‘unov, B.X.Doniyorov, M.A.Umaralieva, Sh.S.Shodmonova, Sh.M.Turg‘unova, N.M.Tojiboeva, D.M.Otajonova, Sh.Q.Mardonov, B.X.Xodjaev, T.Almamatov va boshqa olimlar5 tomonidan o‘rganilgan. Bu tadqiqotchilar tomonidan kompetentlilik masalasini aynan pedagogika, psixologiya yoki sotsiologiya fanlari yo‘nalishida tadqiq etilgan. Undan tashqari o‘qituvchining kompetentligini rivojlantirish (informatika va axborot texnologiyalari fani) misolida A.G‘.Eminov tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |