7
Axborotning etishmasligi axborotga nisbatan extiyojni - biror soha to‘grisidan jamiyat
tomonidan to‘plangan bilim va alohida bilimlar o‘rtasidagi farqni anglashni keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini axborot bilan to‘ldirish
jarayoni axborotlashtirish deyiladi.
Jamiyatni uzluksiz axborotlar bilan to‘ldirib borish natijasida axborotlashgan jamiyat
yuzaga keladi.
Bu jamiyatda barcha fuqorolar, iqtisodiy ob’ektlar va davlatning axborotga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Mehnat qiluvchilarning
ko‘pchiligi axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘ladi yoki bu
jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini bajara olmaydigan bo‘ladi. Bu jarayon inson
faoliyatining barcha jabhalarida oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to‘liq va o‘z vaqtida
foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni joylarda tadbiq etishni
anglatadi. Bu kompyuterlar va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlarni o‘z ichiga oladi.
Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari axborot madaniyatiga ega bo‘ladi. YA’ni
axborot bilan ishlashni, uni olish qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va
texnalogiyalaridan foydalanishni biladilar. Bu inson faoliyatining barcha jabxalariga oid boy
bilimlar, ishonchli bilimlardan to‘liq va o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan
kompleks chora - tadbirlarni joylarda tatbiq etishni anglatadi.
VMning 1994 yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan O‘Rni Axborotlashtirish konsepsiyasi
ma’qullandi. Ushbu konsepsiya axborotlashtirish jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv jarayoni
ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
Axborotlashtirish konsepsiyasi uchta asosiy maqsadga yo‘naltirilgan:
1. Zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish;
2. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda axborot tizimlari shakillanishiga ko‘maklashish;
3. Mamlakatni jahon axborot tizimlariga ulash.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari, vazifalari hisobga olingan holda «O‘zRning
axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. Dastur uch qismdan iborat:
milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini tuzish;
EHMni matematik va dasturiy ta’minlash;
SHaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlash.
Dasturni amalga oshirish borasida hukumatimiz tomonidan shu vaqtgacha bir qancha
Qonunlar, Farmonlar va Qarorlar qabul qilindi
Bularga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
1.O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni. 2003 yil
11 dekabr.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuni. 2004 yil 11
fevral.
3.Axborotning o‘lchov birliklari
Axborotlarni kompyuterlarda ifodalash uchun ikkilik sanoq tizimida kodlash amalga
oshiriladi. Bunda kompyuterga kiritiladigan axborot belgilari ikkilik sanoq sistemasi vositalari
yordamida amalga oshiriladi. Bu vositalar 0 yoki 1 raqamlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Ikkilik
alifbosi unga kiradigan belgilar soniga ko‘ra eng kam bo‘lib, shu boisdan ikkilik kodlash orqali,
ko‘p sonli harf, raqamlarni 0 va 1 belgilarining tegishli ketma-ketligi tarzida ifodalash
imkoniyati tug‘iladi.
Axborotni kompyuterda ifodalash uchun ularni moddiy tashuvchi vositasida yozish kerak
bo‘ladi. Bunday yozish jarayoni kodlashtirish deb yuritiladi. Agar kompyuter texnikasidan
foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tashuvchilardan foydalanilsa, u holda ma’lumotlar
bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu holda axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va kiritishni
avtomatlashtirish maqsadida ularni shartli belgilarga aylantirish axborotlarni kodlashtirishni
anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |