Makroiqtisodiyotning yuzaga kelishi: klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari



Download 89,52 Kb.
bet3/4
Sana20.07.2022
Hajmi89,52 Kb.
#831103
1   2   3   4
Bog'liq
Makroiqtisodiyotning yuzaga kelishi

Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi etmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.

  • Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi etmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.
  • U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday xatti- harakati, uning fikri bo’yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatdi va muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori to’g’risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi.
  • Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki tushunganligi aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi, haqiqatdan ham, «pul o’z-o’zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko’rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so’zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funkstiyasini inkor etdi.
  • Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan birga, U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug’ullanuvchi «o’yinchilar»ga o’xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi.
  • Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga sabab bo’ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
  • U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va er ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o’zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir er miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – er va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi.
  • Daromadlar nazariyasi. Ishchilarning daromadlari, pul kapitali va er egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa, u chog’da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi. bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan bog’lab tushuntirganlar.
  • Tadbirkorlar va er egalari daromadlari U.Petti o’zi umumlashtirgan tushuncha – “renta” sifatida tavsiflanadi. U, masalan, dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan (ya’ni tuproq unumdorligiga bog’liq bo’lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda foizining kelib chiqish mohiyatini ko’rib chiqqach, U.Petti soddalashtirib, bu ko’rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi mumkin bo’lgan muayyan er maydonidan olinadigan rentaga teng”, deb atadi.
  • Yana bir joyda er uchastkasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko’rsatib beriladi. Aholi yashash joylariga yaqin joylashgan er uchastkalaridan nafaqat yuqori renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday unumdor, lekin aholi turarjoylaridan ancha uzoq bo’lgan erlarga nisbatan ko’p bo’ladi.

Download 89,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish