trln.so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal
hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m (212-64) mablag‘
iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum bo‘ladi.
Agarda biz ushbu
mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erisha olsak, Davlat
budjetiga soliqlar to‘lanishi natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3
mlrd AQSh dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta
umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m mablag‘
sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng
mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim maktablari
qurish yoki aholi turmush
sharoitlarini yanada yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi .
O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun noqonuniy valyuta
qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda belgilangan intervallar doirasida bozor
narxlarida savdo qiluvchi valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish
darkor. Naqd xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan
xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan so‘ng
yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash lozim.
Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan
tadbirkorlarga imtiyoz
preferensiyalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti
barqarorligini yanada ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal
darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat
iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas.
«O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard
dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi
yakunlari bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln
so‘mni tashkil etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi.
«Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik
mahsulot ishlab
chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim
etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga
ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta,
bularning barchasi hech qayerda hisobga olinmaydi» , - dedi Tohirjon Jalilov.
Xolding rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi
kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi
.
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining
kattaligini norasmiy
iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi.
2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat
qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda
parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik
va
mehnat
munosabatlari
vazirining o‘rinbosari
B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 13
million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 yuz ming kishi
rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni
bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga
borishadi. Bolalari, maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga
bular bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni
davlatimizning
qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million aholimiz bor» , – deb ma’lumot
berdi. U prezident murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga
o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi.
B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 yilning aprel
oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa,
tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana shu toifadagi
insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni
belgilash masalasi
qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga
o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal
bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni astasekin oshirgan holda
amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021
yili 1 millionga yaqin kishini
[rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan . Bundan ko‘rinib
turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga
o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini
kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi
kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: