Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi
1
Iqtisodiy nazariyaning masalalari
Iqtisodiy nazariyaning bo`limlari
Mikroiqtisodiyot
Iste`molchilar bozordagi talab hajmi va
tarkibini qanday belgilaydilar?
Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab
chiqarish hajmi va usullarini qanday
aniqlashadi?
Bozor bahosi qanday tashkil topadi?
Milliy daromad qanday taqsimlanadi?
Davlat
ishlab
chiqarish
omillarini
tarmoqlararo
taqsimlash
va
milliy
daromadni individlararo taqsimlashda
ishtirok etishi kerak-mi?
Iste`molchi talabi nazariyasi
Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish
nazariyasi
Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat
nazariyasi
Ishlab
chiqarish
omillar
bahosini
shakllantirish nazariyasi
Ijtimoiy farovonlik nazariyasi
Makroiqtisodiyot
1
Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник.- 6-е изд. , испр. и доп. –М.:
Высшее образование», 2006, 14-с.
Milliy daromad miqdorini nima belgilab
beradi?
Pul nima va uning roli qanday?
Baholar
darajasi
nima
va
uning
dinamikasini qaysi omillar belgilab
beradi?
Bandlik darajasini nima belgilab beradi?
Iqtisodiy kon`yuktura o`zgarishlarinni
qaysi omillar belgilab beradi?
Barqaror iqtisodiy o`sishning shartlari
qanday?
Mamlakatning iqtisodiy kon`yukturasiga
tashqi dunyo qanday ta`sir ko`rsatadi?
Davlat
barqaror
iqtisodiy
o`sishga
erishishni qanday ta`minlashi mumkin?
Statik
makroiqtisodiy
muvozanat
nazariyasi
Pul nazariyasi
Inflyatsiya nazariyasi
Ish bilan bandlilik nazariyasi.
Iqtisodiy davrlar nazariyasi
Iqtisodiy o`sish nazariyasi
To`lov balansi va valyuta kursi nazariyasi
Davlatning barqarorlashtirish siyosati
nazariyasi
masalalar ro`yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini
yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo`lgan bu ikki fanning
iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to`g’risidagi xulosalari bir birini to`ldirib turadi..
Uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub`ektlari
hisoblanidilar.
Bu sub`ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o`sishini
ta`minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb
hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko`pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo`lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa
sub`ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror
iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash maqsadida, o`z tasarrufida mavjud bo`lgan vositalar
orqali ularni yo`naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-
kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda
iqtisodiy siyosatning va jahon xo`jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi
hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va
sintez, deduktsiya, induktsiya, statistikkuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish
usullari kiradi. .
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o`ziga xos
usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko`rsatkichlarni
alohida-alohida o`rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish
o`ta qiyin vazifadir. SHu sababli ham makroiqtisodiyot fanida
Do'stlaringiz bilan baham: |