Pul funksiyalari:
1.Qiymat o'lchov funksiyasi
2.Muomala vositasi funksiyasi
3.To'lov vositasi funksiyasi
4.Jamg'arish vositasi funksiyasi
5.Jahon pullari funksiyasi
1)Qiymat oʼlchovi funktsiyasi - pullar umumiy ekvivalent sifatida hamma tovarlarning qiymatini oʼlchaydi.
2) Muomala vositasi funktsiyasi - pullardan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish va sotishda foydalanish mumkin. Pullar muomala (yoki ayirboshlash) vositasi sifatida jamiyatni barterli ayirboshlashning noqulayliklaridan xalos qiladi.
3)Toʼlov vositasi funktsiyasi - pullar tovarlarning kreditga sotilishida toʼlov vositasi sifatida foydalaniladi, buning zarurligi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning shart-sharoitlari bir xilda emasligi, ularni ishlab chiqarish va muomalasi muddatining turli xilligi, ishlab chiqarishning mavsumiyligi, ishchilar va xizmatchilarga ish haqining toʼlanishida foydalaniladi.
4)Jamgʼarish vositasi funktsiyasi - pullar eng likvidli, yaʼni sarflash uchun eng oson tovar boʼlganligi sababli ular boylikni saqlashning eng qulay shakli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |