▲ ▲ ▲
O‘tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 – 3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko‘rinishi: Y= 3270 – 3P. Potentsial YaIM o‘zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM va uzoq muddatli davrda inflyatsiya darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Faraz qilaylik, OPEK tasodifan tarqalib ketdi va neft narxlari keskin tushib ketdi. Bu vaziyatni chizmada aks ettiring va AD, AS egri chiziqlarini, ishlab chiqarish hajmini hamda narxlar o‘zgarishini ko‘rsatib bering.
▲ ▲ ▲
2013 yilda potentsial YaIM 400 ni tashkil etdi va yalpi talab egri chizig’i quyidagi tenglama bilan ifodalandi Y=4200-2R. 2014 yilda potentsial YaIM 1 foizga o‘sdi va yalpi talab egri chizig’ining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi Y=4200-2R. 2014 yilda narxning muvozanatli darajasi necha foizga o‘zgarganini aniqlang?
6-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Iste’mol, jamg`arish, investitsisa
Makroiqtisodiyotda iste’mol, jamgarish va investitsiyalar bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki iste’mol va investitsiya xarajatlari YaIM ning asosiy tarkibiy qismlaridir.
Iste’mol YaIM tarkibida asosiy ulushga ega bo‘lib, oraliq hamda yakuniy iste’molga ajratiladi va ixtiyordagi daromaddagi joriy davr ehtiyojlarini qondirish uchun qilingan xarajatlarini qamrab oladi. Iste’mol va daromad o‘rtasidagi bog’liqlik iste’mol funktsiyasi orqali ifodalanadi. Iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida iste’molga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi.
Jamg’arish ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismi bo‘lib, jamg’arish funktsiyasida jamg’arma va ixtiyordagi daromad o‘rtasidagi bog’liqlik aks ettiriladi. Iste’mol kabi jamg’arishni ham tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida jamg’arishga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi. Jamg’arish xususiy jamg’armalar, davlat jamg’armalari hamda chet elliklarning jamg’armalaridan iborat.
Investitsiyalar jamg’armalar bilan bog’liq bo‘lib, investitsiya funktsiyasi umumiy holda real foiz stavkasi bilan teskari, daromad bilan esa to‘g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Investitsiyalar yalpi vas of investitsiyalarga ajratiladi.
Yalpi investitsiyalar sof investitsiyalardan amortizatsiya miqdoriga farq
qiladi va aynan yalpi investitsiyalar hamda amortizatsiyani solishtirish orqali iqtisodiyot ko‘rinishi ajratiladi.
Jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bo‘lsa, topilsin:
iste’mol va jamg’armalar hajmi;
iste’molga va jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |