▲ ▲ ▲
Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng bo‘lib, YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, ushbu yil uchun ishsizlikning haqiqiy darajasini hisoblang.
▲ ▲ ▲
Joriy yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi, ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng. YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, potentsial YaIM 60 trln.so‘m bo‘lganda real YaIMni hisoblang.
4-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Inflatsiya va inflatsiyaga qarshi siyosat.
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga ishsizlik bilan bir qatorda inflyatsiya ham ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya narxlarning o‘sishi va u bilan bog’liq pul birligi harid quvvatini tushib ketishidir.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi ichki omillar iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukumronlikka yo‘l qo‘yish, investitsiyalashda nomutanosiblik, narxlarni shakllantirishda davlatning yakka hukmronligi, kredit siyosatining noto‘g’ri olib borilishi, davlat moliyasi sohasidagi inqirozlar, davlat byudjetining taqchilligi, davlat qarzlarining o‘sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi va boshqalarni qamrab olsa, tashqi omillarga jahon iqtisodida
bo‘lgan inqirozlar, davlat valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Odatda iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida talab inflyatsiyasi holati ro‘y beradi. Bunga sabab harbiy xarajatlarning o‘sishi va iqtisodning harbiylashuvi, davlat qarzlarining o‘sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi, milliy iqtisodiyotga keragidan ortiqcha kredit berish bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa va uning oqibatida narxlar ko‘tarilsa taklif inflyatsiyasi paydo bo‘ladi. Buning sababi mehnat unimdorligining pasayishi natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi, har xil yangi xizmat turlari paydo bo‘lisi mumkin
Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi va u asosan qisqa muddatli davr uchun xosdir.
Aksilinflyatsiya yoki inflyatsiyaga qarshi siyosat - bu narxlar umumiy
darajasini barqaror darajada saqlash, inflyatsiyani yumshatishga qaratilgan hukumat amalga oshiradigan chora-tadbirlaridir.
Inflyasiyaga qarshi siyosat yalpi talab va yalpi taklifni tartibga solishni qamrab oladi hamda bu siyosatni tovarlar va xizmatlar hajmini aholi daromadlariga muvofiqlashtirish, barcha ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, hamda xarajatlarni qisqartirish, ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligining ildamroq o‘sishni ta’minlash, ko‘plab talab qilinadigan tovarlar va xizmatlarning hajmi o‘sishiga muvofiq pul emissiyasini qat’iy nazorat qilish, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi vositachilar sonini kamaytirish, kredit berishni tartibga solish, kredit uchun foiz stavkalarini puxta yo‘lga solib turish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatini ta’minlash yollari orqali amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi - 3%. haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdori 0 dan kamroq. Tashqi narx shoklari mavjud emas. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |