▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda Fillips egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha: = e – 0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi - 5,4%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi - 4%. haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
3.2012 yilda iste’mol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2013 yilda esa - 311ga teng bo‘lgan. 2011 yil asos qilib olingan yil deb hisoblanadi. 2013 yilda 2012 yilga
nisbatan hamda asos qilib olingan yilga nisbatan inflyatsiya darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, YaIMning inflyatsiya darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, talab inflyatsiyasini hisoblang.
▲ ▲ ▲
Agar real YaIM ushbu yil 144 trln. so‘mga, potentsial YaIM 150 trln. so‘mni, inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi 5 foizni, taklif inflyatsiyasi 2 foizni tashkil etsa, YaIMning inflyatsiya darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, ushbu yil uchun inflyatsiyaning haqiqiy darajasini hisoblang.
5-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yalpi talab - yalpi taklif modeli
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yalpi talab milliy iqtisodiyotdagi barcha yakuniy iste’molchilarning, ya’ni
aholi, korxonalar, davlat va chet elliklarning tovar va xizmatlar sotib olishga qiladigan xarajatlarining umumiy miqdorini, yalpi taklif esa davlat va xususiy sektorning milliy iqtisodiyot darajasida sotishga taklif qilgan barcha tovar va xizmatlarining umumiy miqdorini puldagi ifodasidir.
Yalpi talab va yalpi taklifga narx darajasiga bog’liq va unga bog’liq bo‘lmagan omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Narx darajasiga bog’liq omillar ta’sirida yalpi talab va yalpi taklifning o‘zi emas, balki ularning hajmi o‘zgaradi, natijada yalpi talab hamda yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz bermaydi.
Narx darajasiga bog’liq bo‘lmagan omillar ta’sirida yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz beradi.
Yalpi taklif egri chizig’ining keynsian kesmasi katta miqdordagi mehnat va
moddiy resurslar foydalanilmayotgan bo‘lsa, iqtisodiyot pasayish holatida ekanligidan dalolat beradi. Yalpi taklif egri chizig’ining klassik kesmasi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilayotgan va narxning har qanday darajasida ham ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoni bo‘lmasa, iqtisodiyotni “to‘liq bandlik” sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy darajasi nuqtasidagi holatini ifodalaydi.
AD-AS modelida yalpi talab o‘sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o‘sib, milliy mahsulot miqdorini o‘zgarishi esa ularni o‘zgarish nisbatlariga bog’liq bo‘ladi. Yalpi taklif o‘sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, milliy mahsulot miqdori o‘zgarishi ularning o‘zgarish nisbatlariga bog’liq
bo’ladi.
Uzoq muddatli AD egri chizig’i Y = 3000 tengligi, qisqa muddatli AS egri chizig’i R = 1,0 darajasida berilgan. AD egri chizig’i tenglamasi: Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasiga siljgan, uzoq muddatli AD egri chizig’i - Y = 2500. AD egri chizig’i esa o‘zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatdagi yangi Y va P ni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |