7.2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko`p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o`zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
―Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg`arma va investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi‖22.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi :E=C+ I +G+Xpko`rinishiga ega.
Dekmak uning grafigi iste‘mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo`lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko`rinishga ega:
Xn = g - m‘Y Bu yerda :g – avtonom sof eksport; m‘ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o`zgarish miqdorini bunga sabab bo`lgang` daromadlardagi o`zgarish miqdoriga bo`lib topiladi. m‘ = ΔM / ΔY; Bu yyerda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;
ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste‘molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo`lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog`liq bo`lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bog`liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko`rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga bog`liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to`lig`icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo`shiladi, ya‘ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig`indiga teng deb olinadi.