Makroiqtisodiyot o`quv-uslubiy majmua


-rasm. Fillips egri chizig`i8



Download 10,48 Mb.
bet29/194
Sana15.06.2022
Hajmi10,48 Mb.
#674828
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Majmua 2021

4.1-rasm. Fillips egri chizig`i8
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko`ra, shuningdek, inflatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig`idagi inflatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflatsiyaning sur‘atiga bog`liq. Kutilayotgan inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur‘ati past bo`lgan inflatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflatsiya darajasi yuqori bo`ladi. Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur‘atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko`rinishida tasvirlanishi mumkin: Yh – Yp
π = πkut + f ( ------------- ) + ε

Yp


Bu yerda π - inflatsiyaning haqiqiy darajasi; πkut- inflatsiyaning kutilayotgan darajasi;
Yh – Yp f ( ------------- ) - talab inflatsiyasi; Yp
f - Fillips egri chizig`ining og`ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho shoki ( taklif inflatsiyasi).
Ouken qonuniga ko`ra YaIMning uzilishi, ya‘ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o`zgarishiga bog`liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig`ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
 = πkut - β [ u –u*] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko`rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to`g`ri bog`liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog`likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig`iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
4.4. Antiinflatsiya siyosati va O`zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari.
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to`plangan. Inflatsiyani butunlay yo`qotish imkoniyati yo`q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo`lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to`liq yo`qotish mumkin emas. shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo`qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflatsion keskinlikni yumshatishga yo`naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o`z ichiga quyidagilarni oladi: -yalpi talabni tartibga solish; -yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo`nalish tarafdorlari bo`lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko`tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo`shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug`diradi. Keyns davlat budjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
―Antiinflatsiya siyosatining monetaristik yo`nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflatsiyaga qarshi kurash bo`yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o`tkazish hisobiga cheklash va budjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖9.
Monetaristlar inflatsiya aynan pul bilan bog`liq hodisa bo`lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o`sish sur‘atlarini keskin qisqartiradi va inflatsiya sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko`rinishlaridan biri bo`lib daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o`zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan antiinflatsiya siyosatining yana bir ko`rinishi - inflatsiya sur‘atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda inflatsiya sur‘atlari pul massasini ko`p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o`sish sur‘atini pasaytirishni ko`zda tutadi. Graduallash usuli inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo`llash pul massasi va baholar darajasining yillik o`sish sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo`ladi, deb hisoblanadi.
Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo`lgan variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o`sishi va baholarning o`sishi ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko`zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo`yish, pul ko`rinishidagi ish haqining o`sishini o`rtacha mehnat unumdorligining o`sishiga bog`lab qo`yish orqali amalga oshiriladi.
―Soliqlar tarkibini o`zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to`g`ridan-to`g`ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko`paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag`batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat budjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi‖10.
Antiinflatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog`liq.
Inflatsiyaning yuqori sur‘atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta‘minlashi kerak:
-samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baaqarorligini; -pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o`sish sur‘atlarini; -―inflatsiyani import qilish‖ ga yo`l qo`ymaslik.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi choratadbirlar amalga oshirilmoqda:

  • milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta‘minlash;

  • raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

  • xalq iste‘mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

  • soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e‘tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;

  • davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

  • mamlakat ichida mahsulotlar, valuta, kreditit, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

  • pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

  • erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

  • davlat budjet taqchilligini noinflatsion yo`llar bilan qisqartirish;

  • davlatning strategik oltin-valuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Yuqorida ta‘kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma‘lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini musiahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.
Har kanday inflatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi yotadi. shu sababli inflatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy siyosati-ni amalga oshirishdir. Bir qator chet mamla-katlarning inflatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko`rsatadiki, ular inflatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas bog`liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat‘iy boshqarish va to`lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish imkonini berdi.

Download 10,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish