Internet saytlari
http:// www.gov.uz
http:// www.lex.uz
http://www.mineconomy.uz.
http://www.mf.uz
http://www.stat.uz
http://www. soliq.uz
http://www.cbu.uz 30. http://www.wordbank.org.
http://www.ebrd.org.
http://www.imf.org
FANNING ISHCHI O`QUV DASTURI (SILLABUSI)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“Тasdiqlandi”
o’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari
dotsent___________F.B. Axrorov
2021 yil “ ____” ________
MAKROIQTISODIYOT
FAN SILLABUSI
Kafedra mudiri:___________________ Phd O.Pardayeva
Fan o’qituvchisi: ___________________ Dotsent H.Turdibekov
SAMARQAND – 2021 yil
Fan to’g’risida ma’lumot
Fan shifri: MACROE6
Fan nomi: Makroiqtisodiyot
Semestr/ Yil: 3-4-semestr/ 2021-2022 o’quv yili
Kafedra: Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti
Soatlar/ kreditlar miqdori: 6 ECTS (72 auditoriya soati)
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Laboratoriya
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
34
|
38
|
0
|
108
|
180
|
Fan boʻyicha mashgʻulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas’ul kafedra: Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti
Instruktor toʻgʻrisida ma’lumot
Instruktor: Turdibekov Hasan
Kafedra joylashgan joyi: TDIU SF, 1-oʻquv binosi.
Telefon (mobil): 90 213 89 07
E-mail: khasant2014@gmail.com
Ish vaqti: Uchrashuvga koʻra
Kurs tavsifi:
“Makroiqtisodiyot” fani talabalarni makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo’lishi shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to’g’risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini aniqlash usullarini o’rgatish vazifalarini bajaradi.
II. Fanning maqsadi:
Fanning maqsadi - korxonalar, uy xo’jaligi va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotida amal qiladigan barcha korxonalarning faoliyatini, respublikamizning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, ya’ni ish bilan bandlik, ishsizlik, inflyasiyaning kelib chiqishi va ularni bartaraf etish yo’llari, yalpi talab va taklif, iste’mol, jamg’arma, investisiya, makroko’lamda ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va muvozanatni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa keng ko’lamdagi muammolarni mukammal tahlil qilib to’g’ri xulosalar chiqarishni o’rgatishdir.
III. Ta’lim berish natijalari
Bilish va tushunish jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishlari kerak:
• makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, formulalar, tushunchalar, nazariyalarni bilishi va tushunishini namoyish etish;
• makroiqtisodiy terminologiyadan foydalanish.
Tahlil jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishlari kerak:
• ma’lumotlarni tahlil qilish, tartibga solish va sharhlash;
• iqtisodiy ma’lumotlardan munosabatlarni va aloqalarni aniqlash uchun foydalanish;
• makroiqtisodiy tahlilni yozma, raqamli, diagramma va grafik ma’lumotlarda qoʻllash;
• makroiqtisodiy muammolar va vaziyatlarni tahlil qilish, aloqalarni aniqlash va rivojlantirish.
Baholay olish jihatidan:
Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishlari kerak:
• makroiqtisodiy ma’lumotlar va koʻrsatkichlarni baholash;
• makroiqtisodiy tahlil va asossiz koʻrsatkichlarni farqlash;
• iqtisodiy tafakkurni mantiqiy tarzda yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |