2.8. Nominal va real YaIM. Iqtisodiyotda mavjud bo`lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaqtning o`zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o`zgarishini ifodalaydi.
Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo`yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko`rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o`laroq milliy iqtisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o`zgarishi koeffitsienti ( baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
deflator (Paashe indeksi);
iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflator ko`rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
∑ Qi1 Pi1 Deflator = ------------- 100 ∑ Qi1 Pi0 Bu yerda: i – deflatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori
(Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko`ylak va h.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi; Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi. Deflatorni hisoblash shartlari:
odatda o`tgan yilga nisbatan hisoblanadi;
bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o`zgartirilishi mumkin;
bozor savatiga ham iste‘mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va
xizmatlar kiritiladi;
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o`rtasidagi nisbat ularning YaIM dagi ulushlari o`rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.