MUSTAQIL TA‘LIMNI BAHOLASH BO`YICHA USLUBIY KO`RSATMA
KIRISH
Makroiqtisodiyot fani bo`yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko`rsatma O`zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to`g`risida”gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y.. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343son "Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida"gi qaroriga (O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to`plami. 2001 y.. 15-16-son, 104-modda), O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug`i bilan tasdiqlangan va O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan topshiriqqa muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug`i bilan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan hamda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan davlat ro`yxatidan qayta o`tkazilgan nizomga, 2009 yil 26 maydagi 160-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat asttestatsiyasi to`g`risida”gi nizom, 2009 yil 14 avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo`yicha Yo`riqnoma”, O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli “Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi nizomga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi buyrug`i, TDIU rektorining 2016 yil 22 iyuldagi “Universitetda reyting tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi 207-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan ―Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risida Nizom‖ ga muvofiq hamda 2017-2018 o`quv yili uchun tasdiqlangan «Makroiqtisodiyot»fanining ishchi o`quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. “Makroiqtisodiyot” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo`yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko`rsatma bakalavriat bosqichi 200000–“Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq” bilim sohasining 230000 “Iqtisod” ta‘lim sohasi barcha ta‘lim yo`nalishlari 2-kurs talabalarining mazkur fandan mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholashda asosiy me‘yoriy hujjat hisoblanadi.
Mustaqil ish talabalarning mazkur fan bo`yicha mustaqil faolligi hamda o`quv mashg`ulotlarini olib boruvchi professor-o`qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o`quv rejada semestrlar bo`yicha belgilangan soatlar hajmiga ko`ra amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy ko`rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo`lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo`yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |