Makroiqtisodiyot o`quv-uslubiy majmua


Yillar YaIM mlrd. dollar



Download 10,48 Mb.
bet106/194
Sana15.06.2022
Hajmi10,48 Mb.
#674828
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   194
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Majmua 2021

Yillar

YaIM mlrd. dollar

Eksport mln.dollar

Import mln.dollar

Eksport— import saldosi mln.dollar

Eksportning
YaIM dagi
ulushi, foizda

Importning
YaIM dagi
ulushi, foizda

2000

13,8

3264,7

2947,4

317,3

23,6

21,3

2001

11,62

3170,4

3136,9

33,5

27,3

27

2002

9,65

2988,4

2712

276,4

31

28,1

2003

10,13

3725

2964,2

760,8

36,8

29,3

2004

11,01

4853

3816

1037

44,1

34,7

2005

13,06

5408,8

4091,3

1317,5

41,4

31,3

2006

16,72

6389,8

4781,6

1608,2

38,2

28,6

2007

22,31

8991,5

6728,1

2263,4

40,3

30,2

2008

28,61

11493,3

9704

1789,3

40,2

33,9

2009

32,81

11771,3

9438,3

2333

35,9

28,8

2010

38,98

13023,4

9175,8

3847,6

33,4

23,5

2011

45,3

15021,3

11344,6

3676,7

33,1

25

2012

51,17

13599,6

12816,5

783,1

26,6

25

2013

56,8

15584,1

13946,9

1637,2

27,4

24,5

2014

62,6

14089,8

13913,2

176,6

22,5

22,2

2015

66,7

12139,1

12416,6

(277,5)

18,2

18,6

2016

67,1

12594,3

12140,7

453,6

18,8

18,1

Ichki sanoatning rivojlanishi bilan bir paytda ayniqsa, xomashyo bilan bog`liq bo`lmagan tarmoqlarda eksportchilarni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar bilan uyg`unlikda proteksionizmni asta-sekinlik bilan qisqartirish o`tkazildi. Savdo siyosati umuman iqtisodiyotning ko`proq ochiqligiga yo`naltirildi.


Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob’ektiv sabablari nimalardan iborat?
2. Xalqaro savdoni rivojlantirishning sub’ektiv sabablari nimalardan iborat?
3. Xalqaro savdoning shakllari.
4. Xalqaro savdo hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering.
5. A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimada ko’rinadi?
6. «Nisbiy ustunlik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
7. Xeksher-Olinning neoklassik kontsepsiyasini izohlab bering.
8. Savdo siyosatining mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering.
9. Importga tariflarning kiritilishidan iqtisodiy natijalariga izoh bering.
10. Importni yoqlovchi va unga qarshi bo’lgan fikrlarni taqqoslab bering. fikrlarga izoh bering.
11. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalarning importga tariflardan afzalligi va kamchiliklari nimada ?
12. Import kvotalarini kiritilishining iqtisodiy oqibatlari nimalarda ko’rinadi?
13. Litsenziyalarni taqsimllash usullariga qiyosiy tavsif bering.
14. Eksportni subsidiyalash usullari mohiyatini tushuntirib bering. tushuntirib bering.
15. Eksportni ixtiyoriy cheklash qachon qo’llaniladi, va uning oqibatlari qanday?










15-MAVZU. TO`LOV BALANSI. VALUTA KURSI




Reja:
15.1. To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
15.2. Joriy operatsiyalar hisobi balansi.
15.3. Kapital harakati hisobi balansi.
15.4. To`lov balansining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bog`liqliklar.
15.5. To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
15.6. Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi.
15.7. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari.
15.8. Valuta kursi va uni belgilovchi omillar.
15.9. Xarid qobilyati pariteti.
15.10. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta‘siri.


Tayanch so’z va iboralar: to`lov balansi, joriy operatsiyalar hisobi, kapital harakati hisobi balansi, valyuta munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta bozori, konvertirlanadigan valyuta, nisbiy real foiz stavkalari, xarid qobilyati pariteti.

15.1. To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
To`lov balansi — ma‘lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o`rtasida bo`ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo`nda ifodalab pul-kredit, valuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo`nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
15.1-jadval

Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi (raqamlar shartli)59


Moddalar nomi

Kredit (+) eksportdan tushumlar

yoki

Debet (-) import xarajatlar

yoki uchun

Sof kredit yoki sof debit

Joriy operitsiyalar xisobi










Tovarlar

+185




-260




-75

Tashki savdo balansining koldig`i









-75

Xizmatlar

+85




-97




-12

Investitsiyalardan daromadlar (foizlar va divedentlar)

+28




-20




+8

Transfert kurinishidagi pul
o`tkazmalari

+10




-18




-8

Joriy operatsiyalar buyicha balansning qoldig`i









-87

Kapital xarakatning hisobi










Investitsiyalar va boshqa o`rta va uzoq muddatli kapital

+150




-87




+63

Kapital harakati balansining qoldig`i









+63

Joriy operatsiyalar va kapital harakati buyicha balansning qoldig`i









-24

Rasmiy zahiralar (oltin, XFVdagi zahiralar)

+24








+24

Mamlakatning ma‘lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to`lov balansida o`z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valuta ayirboshlash va valuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi.
Shuning uchun ham to`lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to`lovlar ko`rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta‘minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to`lovlar va xorijiy valuta xarajatlari bilan bog`liq bo`ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya‘ni, u moddiy ne‘mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valuta bo`lishi mumkin.
To`lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo`linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog`liq operatsiyalar (15.1-jadval). Shunga ko`ra to`lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya‘ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko`rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valuta ishlab topib, mamlakat valuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valuta zahirasini kamaytiradi.
15.2. Joriy operatsiyalar hisobi balansi.
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig`i deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya‘ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko`ra ko`proq olib keladi.
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug`urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo`lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo`lgan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko`proq oladi ya‘ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko`proq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug`urta xizmatlarini ko`rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug`urta kompaniyalari ko`rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu operatsiyalar bo`yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo`yicha to`lovlarni o`z ichiga oladi. Agar xorijga qo`yilgan milliy kapital uchun chet to`lovlari bo`yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to`lanadigan to`lovlar miqdoridan ko`p bo`lsa, unda sof daromad musbat bo`ladi (+8).
Transfert ko`rinishida pul o`tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to`lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o`z qarindoshlariga pul o`tkazmalari, turli ko`rinishdagi hukumat yordamlarini o`z ichiga oladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, xorijga jo`natilayotgan pul o`tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya‘ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valuta zahiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo`yicha barcha operatsiyalar yig`indisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valutaga bo`lgan talab uning eksport operatsiyalari ta‘minlaydigan taklifdan ortiq bo`lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha kamomadga ega.
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig`i quyidagicha beriladi:

Download 10,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish