9.4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga to‘g‘ri soliqlar tushumining tarkibi (%)35
Soliq turlari
|
2008 y.
|
2009 y.
|
2010 y.
|
2011 y.
|
2012 y
|
2013 y
|
2015 y
|
2016 y
|
2017 y
|
To‘g‘ri soliqlar
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
1. Korxonalarning foyda solig‘i
|
18.7
|
19,2
|
18,1
|
19,2
|
18,5
|
16,3
|
13,3
|
12,5
|
12,8
|
2. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i
|
47.9
|
46,2
|
45,0
|
42,7
|
42,5
|
42,8
|
43,2
|
42,1
|
42,3
|
3.Yagona soliq
|
17.3
|
18,9
|
21,6
|
23,2
|
22,8
|
25,0
|
27
|
29
|
30
|
4. Tadbirkorlar daromadiga qat’iy belgilangan soliq
|
3.8
|
3,9
|
4,6
|
5,0
|
5,9
|
6,5
|
6,7
|
6,9
|
9,0
|
5. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
|
12.4
|
11,9
|
10,8
|
10,0
|
10,3
|
9,4
|
9,8
|
9,5
|
5,9
|
Yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavksining kamayishi natijasida 2000-2016 yillarda u bo‘yicha tushumlarlarning to‘g‘ri soliqlar tarkibidagi ulushi kamayishi kuzatildi va 12,5%ni tashkil qildi.
Soliq shkalalari bo‘yicha soliq stavkalari kamayishiga qaramasdan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarning ko‘payib borayotganligi soliq bazasi, ya’ni aholi daromadlari ortib borayotganligidan dalolat beradi. 2011-2016 yillarda ijtimoiy infratuzilma solig‘i ulushining ortishi hisobiga jismoniy shaxslar daromad solig‘inig to‘g‘ri soliqlar tushumidagi ulushi qisqardi.
To‘g‘ri soliqlar stavkalarining pasaytirilishiga qaramasdan soliq bazasining kengayishi hisobiga bu soliqlar tushumining mutlaq miqdori oshib borishi, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 2012-2016 yillarda deyarli barqaror bo‘lib qolayotganligini ta’kidlash mumkin, xususan, 2016 yilda budjet daromalari tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi 24,0 % ni tashkil etdi. Bunday baqarorlik 2012-2016 yillarda yagona soliq to‘loviga ham tegishlidir. Soliq to‘lovchilar soni ortishi, soliq bazasining kengayishi yagona soliq stavkasinig pasayishiga qaramasdan uning mutlaq miqdori ortib borishiga olib keldi.
9.5. O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni modernizayiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish, ularning rag`batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Ushbu ma’ruzaning beshinchi savolida ko‘rganimizdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes sub’ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsaktmoqda.
Soliq islohotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs to‘lovlari va mulk solig‘i bo‘yicha tushumllarning davlat budjetidagi ulushini oshirishga qaratilgan.
2000-2016 yillarda soliq siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotda tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va aholi moddiy turmushining muntazam yaxshilashib borishi maqsadlarini ko‘zlab amalga oshirildi.
Shu yillarda davlat soliq siyosati iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tartibini soddalashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirishga yo‘naltirildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investitsiyalarni va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlntirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, soliq stavkalarini kamaytirish natijasida soliq bazasi kengaydi , oqibatda budjetga soliq tushumlari ko‘padi, daromadlar tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi.
Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq yukini muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilib kelinmoqda, o‘z navbatida ushbu holat 2016 yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etdi.
10.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, soliq yuki darajasi Respublikamizda izchillik bilan kamayib bormoqda. Agar ushbu ko‘rsatkich 2000 yilda YaIMga nisbatan soliq yuki 28,0%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilga kelib 4,8 punktga (23,5%), 2014 yilda esa 8,0 punktga kamaydi va 2016 yilda YaIMga nisbatan 20,6%ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |