Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi bevosita
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog’liq bo’lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq:
zahiralarning mavjudligi;
o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo’qqa chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, o’z-o’zicha kurslar o’rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz:
Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi.
Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar..
Bahodagi nisbiy o’zgarishlar.
Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib o’tish maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko’tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo’yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o’sganligini bildiradi.
Spekulyatsiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko’tarilishi to’g’risidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo’lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.
O’tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Banklarni qiyin ahvolga solib qo’yadi. Chunki rasmiy valyuta zahiralari bir vaqtning o’zida ham to’lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bo’lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo’lidir.
Nominal va real valyuta kurslari o’zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.