Makroiqtisodiyot” Ma’ruzalar matni O’zbekiston Respublikasi Okiy va O’rta



Download 1,94 Mb.
bet25/114
Sana14.07.2022
Hajmi1,94 Mb.
#800684
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090

Iqtisodchilar shunga ishonadiki, eng kam ish haqqi o’smir yoshidagilardagi ishsizlikda o’zining eng katta tasiriga ega. O’smirlarning muvozanatli ish haqqi 2 sabab tufayli past bo’ladi. Birinchisi, o’smirlar mehnat bozoridagi ishchilar orasida eng tajribasiz va qobilyatsizlardir. Ularda past marjinal samaradorlik
mavjud. Ikinchisi, o’smirlar tez – tez o’zlarining “kompensatsiya”larini kasb- training shaklida oladi, to’g’ridan to’g’ri to’lov orqali olishdan ko’ra. “Shogirdlik” oylik ish haqqi o’rniga olinadigan traingingga klassik misol.
Bu ikkala sabab uchun, talabga teng bo’lgan o’smir ishchilar taklifidagi ish haqqi past bo’ladi. Shuning uchun, eng kam ish haqqi o’smirlar uchun boshqa ishchilarga qaraganda ko’proq majburiyatni yuklaydi.
Ko’p iqtisodchilar o’smirlarning ish bilan taminlanishida eng kam ish haqqining tasirini o’rganishgan. Bu tadqiqodchilar vaqt mobaynida minimum ish haqqi turli hil talqinlari bilan ish bilan taminlangan o’smirlar turli hil talqinlarini taqqoslashadi. Bu tadqiqotlar shuni aniqladiki, minimum ish haqqidagi 10 % lik o’sish o’smirlarning ish bilan taminlanishini 1 % dan 3 % ga qisqartiradi5.
Yuqoriroq Minimum ish haqqiga qarama qarshi taraflar shuni takidlashadiki, bu yo’l nochor ishchilarga yordam berishning eng yaxshi yo’li emas. Ular yuqori mehnat narxlari nafaqat ishsizlikni oshiribgina qolmasdan, qolaversa, minimum ish haqqi yomon aniqlanganligiga qarshi chiqishadi. Ko’plab minimum ish haqqi oluvchilar o’smirlardir.
Ko’plab iqtisodchi va siyosatshunoslar shunga ishonadiki, nochor ishchilarning daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li soliq imtiyozlaridir. Ishlab topilgan daromaddan soliqlar imtiyozi nochor ishchi oilalar daromadidan olinadigan daromad solig’iga berilgan imtiyozdir. Past daromadli oilalar uchun imtiyoz soliqdan yuqorida turadi va oyla hukumatdan to’lov olib turadi. Minimum ish haqqidan farqli ravishda, daromad solig’idagi imtiyozlar mehnat narxini firmalar uchun oshirmaydi. Shuning uchun, firma talab qilgan ishchi kuchi miqdorini qisqartirmaydi. Hukumatning daromad solig’i qisqarishiga qaramasdan, Buning yomon tarafi mavjud.
Samarali ish haqqi nazaryalari ish haqqi o’zgarmasligining sabablaridan
biridir.
Bu nazaryalar shuni anglatadiki, yuqori ish haqqi ishchilarni ancha samarali ishlashga undaydi.Ishchining nafliligiga ish haqqining tasiri oshiqcha mehnat taklifiga qaramasdan firmalarning ish haqqini qisqartira olmasligi bilan izohlanadi. Ish haqqi qisqarishi firma uchun ish haqqi to’lovlarini pastlatishiga



5 Charles Brown, “Minimum Wage Laws: Are They Overrated?” Journal of Economic Perspectives 2(Summer 1988): 133–146. Broun minimal ish haqi tasirlarini ko’rsatib berdi, ammo shunga e’tibor berish kerakki, bandlik tasirlarining magnitutasi mahsli hisoblanadi. Ishsizlikning sezilarsiz ta’sirlarini tadqiq qilish uchun, qarang David Card and Alan Krueger, Myth and Measurement:The New Economics of the Minimum Wage (Princeton, NJ: Princeton University Press, 1995); andLawrence Katz and Alan Krueger, “The Effects of the Minimum Wage on the Fast-Food Industry,”Industrial and Labor Relations Review 46 (October 1992): 6–21. Qarama qarshi xulosalarni o’rganish uchun, qarang David Neumark and William Wascher, “Employment Effects of Minimumand Subminimum Wages: Panel Data on State Minimum Wage Laws,” Industrial and Labor RelationsReview 46 (October 1992): 55–81.
qaramasdan, agar nazarya to’g’ri bo’lsa, u ishchilarning samaradorligini va firmaning foydasini pastlatishga olib kelishi mumkin.
Iqtisodchilar ish haqqi qanday qilib ishchi samaradorliligiga tasir ko’rsatishi haqida turli xildagi nazaryalarni ilgari surishgan. Nisbatan past rivojlanayotgan davlatlar qabul qilgan Birgina ish haqqi samaradorligi nazaryasi shuni anglatadiki, ish haqqi istemolga tasir qiladi. Yaxshi haq to’lanadigan ishchilar yuqori istemolga ega bo’lishadi, va sog’lom ishchilar ancha samaradordir. Firmaq ish haqqini sog’lom ishchi kuchini bir meyotda ushlash uchun muvozanatli arajadan yuqori ushlab turishi mumkin. Albatta, bu qarash boy davlatlar uchun u qadar muhim emas. Chunki, muvozanatli daraja sog’lom hayot kechirish standartlaridan yuqorida turadi.

  1. ish haqqi samaradorligi nazaryasi, rivojlangan davlatlar uchun, shuni anglatadiki, yuqori ish haqqi mehnat aylanmasini qisqartiradi. Ishchilar o’z ishlarini ko’plab sabablar tufayli tark etishadi- boshqa firmada yuqori lavozim uchun, karyerasini o’zgartirish uchun , yoki, boshqa joyga ko’chkani tufayli. Firma o’z ishchilariga qancha yuqori ish haqqi to’lasa ishchilarning firma bilan birga qolish omili shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori ish haqqi to’lash orqali, firma ishchilarining tez tez o’zgarib turishining oldini oladi, shu sababli, vaqt va yangi ishchilarni tayorlash uchun mablag’lar tejab qolinadi.

  2. ish haqqi samaradorligi nazaryasi shuni anglatadiki, firmaning ishchi kuchi o’rtacha sifati ishchilariga qancha ish haqqi berishiga bog’liq. Agar firma ish haqqini qisqartirsa, yaxshi kadrlari boshqa joydan ish qidirishi mumkin va firma malakasi pastroq ishchilar bilan bo’lib qolishi mumkin. Iqtisodchilar bu yoqimsiz saralashni – noqulay tanlov sifatida tan oladi. Muvozanatli darajadan yuqorida ish haqqi to’lash orqali, firma noqulay tanlovni qisqartirishi, shchi kuchining o’rtacha sifatini oshirishi, va shu sababli samaradorlikni ko’tarishi mumkin.

  3. ish haqqi samaradorligi nazaryasi shuni o’z ichiga oladiki, yuqori ish haqqi ishchining imkoniyatini oshiradi. Bu nazarya shundan iboratki, firmalar o’z ishchilarining imkoniyatini to’liq nazorat qila olishmaydi va ishchilar o’zlari qanday darajada ishlashini belgilashadi. Ishchilar astoydil ishlashlarini yoki ishga engil qarashlarini o’zlari tanlashlari mumkin.Iqtisodchilar bu ehtimollikni – ruhiy xavf sifatida tan olishadi.Firma ruhiy havf muammosini yuqori ish haqqi orqali qisqartirishi mumkin.Ish haqqi qancha yuqori bo’lsa, ishchining ishdan ketish narhi shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori ish haqqi to’ash orqali, firma o’z ishchilarining ishga yengil qarashini qisqartiradi va shu sababli ish samaradorligi yuksaladi.

Bu 4 ta nazariya bir biridan biroz farq qilsada, ular bir hil mazmunni ifodalaydi, chunki, firma ancha samarali ish olib boradi, agar ishchilariga yuqori
ish haqqi to’lasa. Firma talab va taklif balansidan yuqori darajada ish haqqi taklif qilsa, ancha o’ziga foyda keltirishi mumkin. Bu muvozanatdan yuqori ish haqqi natijasida ish toppish ko’rsatkichi pastlaydi va ishsizlik ko’tariladi6.


  1. mavzu. INFLYATSIYA: SABABLARI, OQIBATLARI VA IJTIMOIY XARAJATLAR


  1. Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi
  2. O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari


  3. Inflyatsiya sabablari
  4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat




Tayanch so’z va iboralar: inflyatsiya, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi, Filipps egri chizig’i, aksilinflyatsiya siyosati, graduallash.


  1. Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi


Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli



6 Chuqurroq muhokama uchun, qarang Janet Yellen, “Efficiency Wage Models ofUnemployment,” American Economic Review Papers and Proceedings (May 1984): 200–205; and LawrenceKatz, “Efficiency Wages: A Partial Evaluation,” NBER Macroeconomics Annual (1986): 235–276.
ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:

    1. valyuta kururslarining o’zgarishi;

    2. kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi;

    3. kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.

Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:

P  P



π  t t1  100%
Pt 1
yoki
ΔP
p 
Pt  1
 100%
yoki

P
π  t  1  100%
Pt  1 
bunda: – yillik inflyatsiya sur’ati;
Rt - joriy yilning narxlar indeksi;
Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi.

Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror



o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:
Narxlar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni 
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda narxlar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.



  1. Download 1,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish