P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki rеal kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg’arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) rеal xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning rеal qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan istе'mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hеch ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya ta'sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m to’plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jam?aradi.
Istе'mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |