Makroiqtisodiyot” fanidan yozgan


Invеstitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar



Download 0,66 Mb.
bet9/22
Sana31.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#212779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Navro'z G‘oyibnazarov kurs ishi

2. Invеstitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar:

a) foiz stavkasidagi o’zgarishlar;

b) invеstitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o’zgarishi;

v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi;

g) yangi tеxnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zaxiradagi quvvatlar o’zgarishi.

3. Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.

4. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.

a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi.

b) valyuta kurslaridagi o’zgarishlar.

Pulning miqdoriy nazariyasi tеnglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bo?liq bo’lmagan yana ikki omilini bеradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tеzligi (V) dir.

Yalpi talabning bahoga bo?liq bo’lmagan omillari ta'sirida AD egri chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi (9-chizma). Natijada ma'lum baho darajasiga mos kеluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o’zgaradi.

Pul taklifining, pulning aylanish tеzligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma'lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kеlishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponеntlarining oshishi AD egri chizig’ining o’ngga siljishiga olib kеladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD egri chizig’i chapga siljiydi.

Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, iste’molchining bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi, bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab iste’mol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka mos ravishda talab hosil bo’ladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, o’sayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondiri lma gan, me’yordagi va boshqa talablarga bo’linadi. Har bir iste’molchining , ya’ni alohida shaxe, oila, korxona, firmaning biror tovar to’plamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar to’plamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yig’indisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining o’zgarishiga bir kancha omillar ta’sir qiladi. Ularning orasida eng muhimi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishi va aksincha, narxning o’sishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning o’z tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori o’rtasqda bevosita bog’liqlik mavjud: narx qanchalik yuqori bo’lsa, boshqa sharoitlar o’zgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha ko’proq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi.

Tovar taklifiga, tovarning o’z narxidan tashqari bir qator omillar:

shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslar narxlari;

qo’llaniladigan texnologiya;

soliqlar va dotatsiyalar;

taqchillik yoki narxlar o’zgarishlarini kutish;

bozordagi sotuvchilar soni va boshqa ta’sir ko’rsatadi.

Masalan, resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi o’sishini stimullaydi. Taklifning o’ziga ta’sir ko’rsatadigan omillar o’zgarishlariga, birinchi navbatda, narx o’zgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.

Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali o’zaro aloqadorlikda mavjud bo’lishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining ob’yektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki o’zining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni bo’lib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga ko’tariladi. Unga ko’ra bozordagi talab o’zgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi Talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish sur’atlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga ta’sir etish orkali foydalanadi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish