Makroiqtisodiyot” fanidan yozgan


Tovar taklifiga, tovarning o’z narxidan tashqari bir qator omillar



Download 0,66 Mb.
bet4/22
Sana31.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#212779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Navro'z G‘oyibnazarov kurs ishi

Tovar taklifiga, tovarning o’z narxidan tashqari bir qator omillar:

shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslar narxlari;

qo’llaniladigan texnologiya;

soliqlar va dotatsiyalar;

taqchillik yoki narxlar o’zgarishlarini kutish;

bozordagi sotuvchilar soni va boshqa ta’sir ko’rsatadi.

Masalan, resurslarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi o’sishini stimullaydi. Taklifning o’ziga ta’sir ko’rsatadigan omillar o’zgarishlariga, birinchi navbatda, narx o’zgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.

Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali o’zaro aloqadorlikda mavjud bo’lishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki o’zining tarkibi jihatidan ham bir-biriga mos kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni bo’lib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga ko’tariladi. Unga ko’ra bozordagi talab o’zgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi Talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish sur’atlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga ta’sir etish orqali foydalanadi

Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi.

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko’rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga-

pirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.

Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.

Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’plangan talab.

Tovarga bo’lgan talab ko’plab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.

Hаr qanday bozorda vaziyat talab va taklif o’rtasidagi nisbatga bo’lib, ular hajmlarining o’zgarishi baholarning o’zgarishini kеltirib chiqaradi. Baholarning o’zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta'sir ko’rsatadi. Bunday o’zaro bog’liqlik umumlashtirilgan holda ko’rib chiqiladigan milliy bozorga ham taaluqlidir.

Alo’ida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bo’li’lik talab va taklif modеli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda baqaror o’sishi, ba'zi davrlarda esa pasayib kеtishni izohlab bеrish uchun bu modеllardan foydalanib bo’lmaydi.

Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modеlidan foydalanamiz.

Bu modеlda yalpi taklif, ba’olarning umumiy darajasi kabi agrеgat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.

Makroiqtisodiyotda AD-AS modеli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tеbranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun bazaviy modеl bo’lib hisoblanadi. AD-AS modеli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab bеrilishi mumkin.

Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chеt ellik xaridorlarning baholarning ma'lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.

Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy xarajatlar yi’indisidir. Formula ko’rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:

AD=C+I + G + Xn.

Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig’i dеb ataladi.

Bunday surilishning sababi har xil. Ma'lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, istе'molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini bеradi (daromad samarasi). Shuningdеk, baho pasayganda istе'molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar).

Milliy bozorda AD-egri chizig’ining trayektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriylik nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin: MV=PY

Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi.

Bu tenglamadan: P= MV/Y va Y=MV/P tenglamalarni keltirib chiqaramiz.

Bu tenglamalardan kо„rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, milliy ishlab chiqarish

hajmiga talab shuncha past bо’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V)

о’zgarmas bо’lsa baholar darajasi va yalpi talab о„rtasida teskari bog„liqlik mavjud bо’ladi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish