Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Xususan, agrar islohotlar orqali ish yuritilayotgan respublika iqtisodiyoti tizimida ham so’nggi yillar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutassadi tashkilotlarni iqtisodiyot tizimida ham jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Shu jumladan, iqtisodiyotning bosh masalasini ijobiy tarzda hal etish, ya’ni iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to’g’risidagi masalaga yechim topish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bunday muammoga yechim topish avvalo prezidentimizning chiqarishi kerak bo’lgan qaror va farmonlariga bog’liq edi va O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov shu muammoni bartaraf etish uchun barcha davlatlarga o’rnak bo’la oladigan “ o’zbek modeli”ni ishlab chiqdi. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi, va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992 yildagi ma'ruzalarida aytib o`tgan edi:” Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xomashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim”.
“O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas. Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz mumkin. O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak”, - deya prezidentimiz tomonidan baralla ta’kidlangan so’zlar iqtisodiy resurslarimizdan oqilona, manfaatli yo’llarda foydalanishga turtki berib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiy resurslar va ulardan foydalanishning samarali usullarini o’rganish bugungi iqtisodiy sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy resurslar bu iqtisodiyotning bosh bo’g’ini hisoblanadi, shuning uchun ham ko’plab yetakchi iqtisodchi olimlar Sh.Sh. Shodmonov, U.V.G’afurov, B.D.Hajiyev va boshqalar tomonidan iqtisodiy resurslar va ulardan oqilona, samarali foydalanish kerakligi o’rganilgan.
Kurs ishida iqtisodiy resurslar va ulardan samarali foydalanishni iqtisodiyotda tutgan muhim o’rni va uning elementlarini ilmiy nazariy tadqiq qilish belgilab olindi. Bu orqali mavzuning maqsadi,dolzarbliligi to’la ochib berilishi ko’zda tutilgan.
Kurs ishiga qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab oldik va kurs ishi davomida shularni to’la yoritib berishga harakat qilamiz: Iqtisodiy resurs tushunchasi va uning turlari; Iqtisodiy resurslar va cheksiz ehtiyojlarning qondirilish darajasi; O’zbekistonning foydali qazilmalar (tabiiy) resurslari va ulardan foydalanish; O’zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va fan-texnika yutuqlari; Resurslarni optimal taqsimlash va ullardan samarali foydalanish usullari.
Kurs ishining predmeti sifatida iqtisodiy resurslar va ulardan samarali foydalanish usullari va shakllarini nazariy dastaklari belgilab olingan.
Kurs ishining obyekti sifatida esa iqtisodiy resurslarni tashkil etuvchi barcha elementlar olingan bo’lib, bu kurish ishini to’liq ochib berishga komaklashadi.
Kurs ishida mavzuga oid O’zbekiston Respublikasi meyoriy huquqiy hujjatlardan, ilmiy adabiyotlardan, gazeta va jurnallardan, internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |