§11.4. Ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarining o‘sishini prognozlash.
Ishlab chiqarish fondining asosiy qismini ishlab chiqarish resurslari tashkil etadi. Asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari iqtisodiyotda ulaning fizik hajmiga qarab baholanidi va o‘lchanadi. Ishlab chiqarish fondlarining fizik hajmi qiyosiy narxlar asosida o‘lchanadi. Fizik hajmni baholash, dinamik qatorini tuzish va shu asosida uni prognozlashtirish, fizik hajmning mahsulot dinamikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalab, bu asosida ishlab chiqarish fondlarini alohida o‘rganib chiqib ularning unumdorligini ko‘tarish yo‘llarini ishlab chiqishga yordam beradi. SHu bilan uning o‘sish qonuniyatini o‘rganish imkonini beradi. Asosiy va aylanma fondlar dinamikasini alohida tuzib, ularni alohida baholash va prognozlashtirish imkonini beradi. Birinchi navbatda asosiy va aylanma fondlarning asosiy elementlari ajratib chiqiladi, chunki ular mustaqil iqtisodiy prognoz ob’ekti bo‘lishi mumkin. Asosiy ishlab chiqarish fondlari dinamik qatori quyidagicha bo‘lishi mumkin: fondlarning yillik o‘sishi; kirim va chiqim; ta’mirlash; kapital qo‘yilmalar kabilarni o‘z ichiga oladi. Aylanma fondlarning fizik hajmi dinamik qatori quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish zaxirasi; sotuvdagi iste’mol mahsulotlari zaxirasi; tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va boshqalar.
Asosiy va aylanma fondlar o‘zaro o‘rin almashish va o‘rin bosuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, ularning o‘zgarish dinamikasi yaqin bo‘lsa ular o‘zaro almashinishi mumkin. Asosiy va aylanma fondlarni prognozlashtirish ularni tekshirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillardan biri – bu mehnat resurslari bo‘lib hisoblanadi, uni ekstropolyasiyalash usuli orqali ishlab chiqarish fondlari va mahsulot dinamik qatori yordamida prognozlashtirish mumkin. Mehnat resurslari soni va dinamikasi hozirgi paytdagi jamiyat talabini qondirish maqsadida, umumiy mehnat resurslari hajmidan va umumiy potensial mehnat resurslardan foydalaniladi. Mehnat resurslarini prognozlashtirish va baholashda quyidagilar inobatga olinadi: aholining ishga layoqatlilik yoshi bo‘yicha; ishlayotgan aholining yoshlar va qarilarning ulushiga qarab; sanoatdagi band aholi soni; mehnat resurslarining jinsi va yoshi dinamikasi va har bir yoshdagilarning ulushi; mehnat resurslarining umumiy iqtisodiyotdagi taqsimoti; mehnat resurslari va ishchi kuchlarining nisbati; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilarning nisbati.
YUqorida sana o‘tilgan ko‘rsatgichlardan tashqari mehnat resurslarini baholash va prognozlashda ijtimoiy-demografik omillar ham inobatga olinadi, ular quyidagilar: aholining tabiiy o‘sishi; aholi qarishining ijtimoiy ta’siri; tug‘ilish darajasi; turmush qurish darajasi; ajralish va o‘lim migratsiya. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillardan biri bu mehnat resurslarning sifati bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatgichni baholash qiyin, lekin uni ishlovchilarni va malakasini oshirish darajasi, ma’lumoti darajalariga qilingan xarajatlar dinamikasi orqali baholash mumkin.
Omilli modellarda mehnat resurslarini tahlil qilish va prognozlashda o‘rtacha yillik ishchilarning moddiy ishlab chiqarishda bandlilik darajasidan foydalaniladi. Ko‘pgina paytlarda milliy daromaddagi iste’mol fondlaridagi ishchilarning ish haqqining ulushi orqali aniqlandi.
Ish haqqini, jamiyat iste’mol fondlari dinamikasi va boshqaruv appratiga ketadigan xarajatlarga oid izlanishlar aholining turmush darajasini: kishi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad, xizmat ko‘rsatish sohasidagi moddiy iste’mol va boshqalar bevosita yoki bilvosita mehnat resurslarining ishlab chiqarishdagi muammosi bo‘lib hisoblanadi. Mehnat resurslari dinamikasi xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni-saqlash, kommunal xizmatlari, chakana savdo aylanmasi, xizmatlar va aloqani prognozlash bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Har bir iqtisodiy ob’ektning uzoq muddatli rivojlanish yo‘lini, ayniqsa iqtisodiy o‘sishdek global kategoriyani shakllantirar ekanmiz, uning me’yoriy shakllantirish kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish unumdorliligi ko‘lami ko‘plab sifat ko‘rsatgichlarga bog‘liq buladi: mahsulot sifati va miqdori, nisbiy va doimiy, xususiy va umumiy ko‘rsatgichlardir. Natijaviy fizik hajmning ko‘payishiga, iqtisodiy o‘sish samaradorligini ko‘rsatuvchi doimiy sifat va maqdoriy ko‘rsatgichlar ta’sir ko‘rsatadi, yoki yalpi mahsulotning natijaviy miqdori, omilli model yordamida moddiy-miqdoriy ko‘rinishida tahlil qilinadi va prognozlpshtiriladi. Omilli modellarda umumiy ishlab chiqarish hamining unumdorliligi xususiy va umumiy ko‘rsatgichlari tahlil qalinadi va prognozlashtiriladi: fond qaytimi, mehnat unumdorligi, fond bilan qurollanish.
Barqaror o‘sishni har tomonlama ta’minlashda uning taqsimlanishiga e’tibor qaratiladi, shu nuqtai nazardan umumiy ishlab chiqarish hajmining unumdorligini ifodalab , uni umumiy narxi orqalisotilishi va tovar harakati, jamharma a iste’mollarning o‘zaro munosabatlar orqalianiqlanadi. Iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish unimdorligini oshirish sharoitida jamg‘arma normasiga bog‘liq bo‘ladi, ammo bozor iqtisodiyoti sharoiti asosiy maqsadlaridan biri bu aholi iste’moli hajmini ko‘paytirishdan iborat bo‘lib, milliy daromad o‘sishi bilan iste’mol fondi unumdorligini oshiriladi.
Jamiyat talabini prognozlashda shuni hisobga olish kerakki mavjud talab asosida, har bir siklning oxirida yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatgichlarni prognozlashtiramiz. Nisbiy xususiy ko‘rsatgichlarni baholashda bir omilli o‘sish modelidan foydalanamiz.
(1); va (11.4.1)
Agar 1-tenglikni o‘ng va chap qismlarini ga bo‘lsak, 2-tenglikni esa ga bo‘lsak, fond qaytimi va mehnat unumdorligini prognozlashtirishimiz modeli yuzaga keladi.
fond qaytimi (1-a)
mehnat unumdorligi (2-a)
omillar unumdorligi koffitsenti. parametr hisobga olinmagan omillar. Agar bo‘lsa ni “n” martaga oshirilishi ni martaga ko‘payadi. Agar bo‘lsa ning ham “n”ga oshishi ni martaga oshiradi. Agar bo‘lsa parametrga bog‘liq. Faktor unumdorligi pasayadi, lekin bu bilan iqtisodiy o‘sish tendensiyasi ham pasayadi degani emas chunki ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xususiy faktorlarning ta’siri ko‘p omilli modellarda yaqqol o‘z aksini topadi. Bu modellar bilan nafaqat mehnat unumdorligini balki fond qaytimini ham progpozlashtirish mumkin. YUqoridagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liq dinamikasi va fond bilan qurollanish ko‘rsatkichini , ishchi kuchlari ishlab chiqarish fondiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar , bo‘lsa ishchi kuchining ishlab chiqarish fondilari nisbatining ko‘payishi, fond qaytimining o‘sishiga olib keladi. Mehnat unumdorligi fond bilan qurollanishi sababli uning unumdorligi oshadi. Ko‘p omilli modelni tuzayotganda, o‘sishga to‘g‘ridan to‘g‘ri tasir etadigan omillar unumdorligini ham hisobga olish zarur. Masalan fond qaytimining o‘sishi , bu erda yakuniy umumiy mahsulot o‘sish surati, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘sish suratiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda omillar dinamikasining muvozanat bo‘lmagan holati ko‘p bo‘lganligi sababli fond qaytimi egri chizig‘ining chapga siljishi o‘nga nisbatan unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
Omillarning muvozanatlashuvi xalq xo‘jaligining barqarorlik holatga o‘tishiga jamg‘arma normasining kamayishiga olib keladi. Optimal iqtisodiy o‘sish uzoq muddat davomida ishlab chiqarish kengayishi faqat ko‘rsatkichlar unumdorligi bilan harakterlanmay, balki uzok muddat ichida istemol va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatga ham bog‘liqdir.
Ilmiy talablar jihatdan, ayni paytdagi va kelajak qiziqishlarini optimallashtirish quyidagi ko‘rinishga ega. Joriy istemolni malum muddatda chegaralanishi kelajakda joriy istemolning o‘sishi bilan qoplanadi. Joriy xarajatlarni hozirgi va kelajakdagi vaqt oralig‘ini maksimum qisqartirish, jamg‘arilgan fondlardan qisqa vaqt ichida o‘zida maksimal darajada unumli foydalanishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |