MAKROIQTISODIY STATISTIKADA QO‘LLANILADIGAN GURUHLASH - Iqtisodiy ko‘rsatkichlar – iqtisodiy munosabatalarda bo‘layotgan voqea hodisalarni ifodalaydi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va iste’mol bilan bog‘liqdir. Bunday iqtisodiy ko‘rsatkichlar nafaqat ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini, balki ular bilan bog‘liq aholi soni, ish bilan bandlik, aholi daromadlari,harajatlar va boshqa madaniy-ma’rifiy sohada bo‘ladigan voqea-hodisalar bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Milliy mahsulotning doimiy aylanishi
Iste’mol
Taqsimlash
Mahsulot ishlab chiqarish
Ayirboshlash
Ishlab chiqarish - Moddiy ishlab chiqarish – moddiy buyum shakliga ega bo‘lgan predmetlardir. Ularga oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, mashina, asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni (sub’ektlarni)kiritish mumkin. Bunday mahsulotlar bozor munosabatlari sharoitida oldi-sotdi muomalasi orqali almashib, tovar sifatida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish - Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, ammo zarur bo‘lgan turli xizmat ko‘rsatish faoliyatlari hisoblanadi. Masalan: shifokor – insonning salomatligini yaxshilaydi, o‘qituvchilar-o‘quvchilarga bilim beradi, xullas transport, aloqa, madaniy-maishiy xizmatlar zarur. Xizmatlar ko‘pincha shunga ehtiyoj bo‘lganda bevosita iste’molchiga ko‘rsatiladi. Demak, xizmatlar ko‘rsatish o‘ziga xos bo‘lib, bu yerda takror ishlab chiqarish jarayoni (ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol) bir vaqtning o‘zida, juda tez amalga oshmoqda.
Milliy Iqtisodiyot - Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularning bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda, doimo iqtisodiy munosabatda bo‘ladilar va mamlakat miqyosida milliy iqtisodiyotni tashkil etadilar.
Mikroiqtisodiy statistika - Iqtisodiy faoliyat yurituvchilarni vertikal tarzda ko‘rib chiqsak, ular bir turdagi yoki bir-biriga o‘xshash turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) birlashib, uyushma, birlashma, konsern, korporatsiya kabi uyushmalarga birlashgan. Keyinchalik ular iqtisodiy tarmoqlarini, kichik tarmoqlarni (tarmoq osti tarmoqlarini) tashkil etadi. Korxonalar (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar) va tarmoqlar iqtisodiyoti mikroiqtisodiyot deb yuritiladi. Tarmoqlarning holati hududlar bo‘yicha joylanishi va rivojlanishi statistika ob’ekti hitsoblanadi. Demak, bo‘lim, sex, korxona, firma, muassasa, tashkilot, xullas iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar, tarmoqlar iqtisodini mikroiqtisodiy statistika o‘rganadi.
Makroiqtisodiy statistika - Iqtisodiyotni makrodarajada o‘rganish uchun makroiqtisodiy statistika quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi:
- • aholi va mehnat resurslarining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar;
- • ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
- • iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy samaradorlikni ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar;
- • milliy boylikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
- • tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |