Iqtisоdiy o`sishning nеоklаssik mоdеllаri
Daromadlarni qo’shimcha o’sishi dy/ydt vaqt bilan doimiydir va αs ga teng. U jamg’arish normasiga va kapital unumdorligiga mutanosib, Xarrod va Domar modellarida investitsiya (I) va iste’mol (S) ham shunday darajada o’sadi. Bunda iste’mol bilan investitsiya o’rtasidagi qarama-qarshiliklar shundan iboratki, jamg’arish normasi (s ) qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molning o’sish normasi xam shunchalik yuqori va uning boshlang’ich darajasi shunchalik kam bo’ladi. Bu qarama-qarshilikni xal qilish uchun iste’mol to’g’risida doimiy ravishda qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Agarda, ishlab chiqarishning talab qilinayotgan o’sish darajasi aholi soni va bandlikning o’sish darajasidan yuqori bo’lsa, mehnat kamyob omil hisoblanmaydi. Bunda mehnatni kapital bilan almashtirib bo’lmasa va shuningdek, texnik taraqqiyot ham bo’lmasa, ushbu modelda mehnat limitlovchi omil hisoblanishi mumkin. Umumiy o’sish darajasi mehnatga qilingan xarajatlarning o’sish darajasiga tsnglashadi, jon boshiga iste’mol va jamg’arish darajalari esa o’sishdan to’xtaydi. Hozirgi davrda iqtisodiy o’sishni ta’minlashda texnik taraqqiyot, mehnat va kapitalning sifati, bir-birini almashtirishi va birgalikda faoliyat ko’rsatishlar asosiy resurs va omil hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu omillarni hisobga olmaydigan o’sish nazariyasida, ya’ni, o’sishning asosiy manbai kapitalni fizik jamg’arish o’sishni doimiy ravishda tartibga solib turuvchi omil hisoblanadi. Jamg’arish normasi esa asta-sekinlik bilan ikkinchi planga tushib qoladi. Iqtisodiy o’sishni ta’riflaydigan boshqa bir model R.Solou modeli hisoblanadi. Xarrod va Domar modeliga nisbatan Solou modeli makroiqtisodiy jarayonlarning ayrim tomonlarini to’liqroq ochib beradi.
Birinchidan, bu modelda ishlab chiqarish funktsiyasi to’g’ri chiziqdan iborat emas va unumdorlikning kamayib borishi kabi xususiyatlarga ega.
Ikkinchidan, model asosiy kapitalning chiqib ketishini hisobga oladi.
Zаmоnаviy iqtisоdiy o`sish mоdеllаri
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar:
ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |