O`zbеkistоn Rеspublikаsi to`lоv bаlаnsi Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o’tilganidek, joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi o’zaro chambarchas bog’liq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha musbat qoldiqqa ega bo’lsa, kapital harakati hisobi balans bo’yicha manfiy qoldiqqa yo’l qo’yilgan bo’ladi.
Shunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-biri bilan tenglashib boradi.
To’lov balansi qoldig’i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi
Biroq, amalda to’lov balansining bu qismida ham ko’pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo’lib, bu zaxiralar joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati bo’yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning o’sishi (-) esa to’lov balansining musbat qoldig’i miqdorini ko’rsatadi. Natijada uning barcha uch bo’limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo’lgan talab tengligini bildiradi.
O`zbеkistоn Rеspublikаsi to`lоv bаlаnsi Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y -C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn, bu erda: Sn – milliy jamg’arish
S)+Xn=0 (Markaziy bank aralashmagan sharoitda egiluvchan valyuta kursi rejimida)
(I-S) miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko’ra joriy operatsiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M (tashqi balans) = Xn=-(I-S)=S-I (ichki balans)
Bu shuni bildiradiki, to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’ycha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn< 0 X-M < 0 X< M ;
I-S >0 I >S xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko’proq import qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo’ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo’lib qatnashadi.
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo’lganda, ortiqcha mablag’lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko’chmas mulk sotib olishda foydalaniladi.