Sоliqlаrning mаkrоiqtisоdiy mоhiyati vа rоli
"Uzoq o`nsakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgu kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g`oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yillar davomida ko`plan ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko`zga ko`ringan davlat arbobi, 1706- yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi:
Bu yerda o`zini butun dunyo bo`ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g`ayritabiiy lekin so`z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart.
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo`lmagan. Shuning uchun, o`sha davrning ilg`or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo`lishlariga qaramasdan bir vaqtning o`zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo`ylab ulkan ta`sirini sanab o`tish joizdir.
John Locke (1632-1704)
John Locke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Locke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan.
Sоliqlаrning mаkrоiqtisоdiy mоhiyati vа rоli
Locke insonlar o’z kuchi va sayi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol- mulkiga ega bo’lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko’proq narsaga erishishga intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy maqsad kishilar o’z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta’minlash bo’lgan. Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va bu narsani Locke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu “Ijtimoiy shartnoma nazariyasi” sifatida tanilgan.Unga ko’ra: shaxs jamiyatning barcha qarorlariga bo’ysunishga rozi bo’ladi, evaziga jamiyatga a’zo bo’lganlar uchun mol-mulk, erkinlik, sog’lik va hayot himoyasiga ega bo’lishgan. Bu soliq majburiyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi. “Davlatning 2-hazinasi” asarida Locke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining hech birini olib qo’ya olmaydi” deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga to’lovlar to’lab turishi kerakligini Locke ,, Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak” degan fikri bilan ifodalagan.
Ko’pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo’li bilan yoki ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o’z amalidan foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o’rnatishga va yig’ishga harakat qilsa, u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib keladi. Chunki insonlar ongidagi ,,Nima uchun mening mulkimni kimdir o’z xohishi bilan olishi kerak?” degan fikr ularning qarshiligini uyg’otishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |