Pul bоzоridа muvоzаnаt
Pul bozoridagi muvozanat bu uning shunday holatiki, bunda pulga talab hajmi va pul taklifi hajmi bir biriga mos keladi. Uni sodda ko’rinishda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin :
M x V=Y x R
Bunda, M- muomalaga chiqarilgan pul;
V – pulni aylanish tezligi;
R – YaIM deflyatori;
Y – real YaIM
Ushbu ayniyatni pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi deb ataydilar. Uning o’ng qismi real pul zaqirasi taklifini, chap qismi nominal YaIMni ifodalaydi. Masalan, iqtisodiyotda 1000 birlik pul muomalada bo’lsa, bunda xar bir pul birligi yil davomida 3 marta qo’ldan qo’lga o’tsa yoki bir yilda 3 ta bitimga xizmat qilsa, unda pul zahirasi taklifi real hisobda 3000ga teng. U mamlakatdagi bitimlarning umumiy soniga, ya’ni nominal YaIM hajmiga muvofiq kelishi lozim.
Pul bozoridagi muvozanat holatining grafik tasviri o’zida ikki chiziqning:
pul taklifini ifodalovchi Sm chizig’ini va pulga bo’lgan talabni ifodalovchi Dm chizig’ini kesishuvini aks ettiradi.
Mahsulotlar bozorida bo’lgani kabi talab va taklifning kesishishi muvozanat narxini belgilaydi. Pul bozorida bunday muvozanatli narx bo’lib foiz stavkasi hisoblanadi. Davlat pul taklifini oshira borib, uning vaqtinchalik ortiqchaligini.
Sоliqlаrning mаkrоiqtisоdiy mоhiyati vа rоli
Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo`lib ko`rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo`lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo`llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o`tmishda juda ko`p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g`oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo`lishi kerakligini aniqlashga bag`ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg`or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko`proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo`lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o`zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e`tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma`lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o`rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo`lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o`z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag` topa olmaydiganlarga ijtimoiy ta`minot berishni qo`llab quvvatlaydi.1
Petti "Soliqlar va yig`imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg`rmalar yig`ilishida qirol tomonidan qo`llanilishi mumkin bo`lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta`lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo`llab quvvatlash va birlamchi
mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta`minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo`llab quvvatlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |