O`zbеkistоn Rеspublikаsi vаlyutа siyosаti
O'zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;
Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.
Kichik ochiq iqtisodiyot modeli
Kichik ochiq iqtisodiyot - bu milliy iqtisodiyot bo’lib, unda jahon bozoriga nisbatan juda kam ulushni ifodalovchi, xalqaro kreditlash, qarzdorlikni inkor etmaydi, lekin butunjaxon real foiz stavkasi r* ni inkor etadi. Chunki kichik ochiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r butunjahon real foiz stavkasi r * ga teng deb olinadi
(r = r ) .
Kichik ochiq iqtisodiyot modeli uchta asosiy funktsiya (faraz, tahmin)dan iborat :
Mahsulot chiqarish hajmi
Y = ŷ = f (K , N )
Shunday qilib ishlab chiqarish yoki daromad miqdori berilgan faktorlarga bog’liq bo’ladi , ya’ni kapital - K va ishchi kuchi - N .
Iste’mol funktsiyasi
C = C y ( Y – T )
Iste’mol hajmi ixtiyordagi daromadga bog’liq bo’ladi .
Investitsiya funktsiyasi
I = ( I r )
Investitsiya miqdori foiz stavkasi (r ) ga teskari bog’liqlikda bo’ladi.
(I - S ) + Xn = 0 ayniyatni Xn = S – I ko’rinishida yozib olamiz , ya’ni
Xn = ( Y- C – G ) – I
Xalqaro foiz stavkasi r * va yuqoridagi formula asosida quyidagi formulani yozamiz
Xn = ( ( Y- C y ( Y- T ) – G ) ) – I ( r*) = S – I ( r*)
Do'stlaringiz bilan baham: |