O`zbеkistоn Rеspublikаsining tаshqi sаvdо siyosаti
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - xuquqiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash — bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
O`zbеkistоn Rеspublikаsi to`lоv bаlаnsi
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi:
X – M = Xn = Y-(S+I+G)
bu erda: X - eksport; M – import, Xn - sof eksport, S + I + G - absorbtsiya
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Sof xorijiy aktivlar (CXA) – bu milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni bildiradi.
Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi.
Mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa, unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |