O`zbegistonning YAIM tarkibidagi o`zgarishlar tahlili
Davlat budjetining daromadlari mamlakat YAIM ini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biridir. Ular huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromad va jamg’malarning bir qismini budjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Bunday daromadlarning moddiy buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lishi shakli budjetga borib tushivchi turli soliqlar, to’lovlar, yigimlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan davlat budjetining daromadlari yaratilgan YAIM da davlatni ulushini ko’rsatadi. Ularning absolut hajmi va salmog’i mamlakatning YAIM ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat budjetida mablaglarni konsentratsiya qilish miqdori va ularni undirishning shakl metodlari aniqlanadi.
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkichilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablaglarning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi 3 guruhga bo’linadi;
soliqli daromadlar;
nosoliqli daromadlar;
tiklanmaydigan pul mablaglari.
Soliqdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari-bu yangidan yaratilgan qiymat va uning dastlabki qayta taqsimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va boshqalar), shuningdek, jamg’armalardir.
O'zbekiston Respublikasi mehnat bozorining shakllanishi va ishsizlik o'ziga xos xususiyatlari
Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan holda, mazkur bozorning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi: 1.Ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lish va bo’lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan taqiqlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyatturini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi; 2.Ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi amal qilgan holda, ishga er-erkin yollashlari va ishdan bo’shatishlari, hamda, bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq to’lashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi; 3.Yollanma xodimlarni ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi; 4.Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo’lmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
O’zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to’siq bo’ladigan bir qator quyidagi cheklovlar ham mavjud:-mehnatni qo’llashning noqishloq xo’jaligi mintaqalarini yaxshi rivojlanmaganligi; -mehnat haqining past darajasi;-iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi;-yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining pastligi;-ish beruvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |