Milliy mahsulotning real hajmi 8-chizma. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar darajasi o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlik
Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud.
Kеynsning mаkrоiqtisоdiy muvоzаnаt mоdеli Klassik iktisodchilarningg iktisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari. Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining kamayishiga olib kelmaydi.
Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chikarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iktisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi.
Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi.