Islomgacha mavjud bo’lgan dinlar - Arabiston yarim orolida yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik dinlarining tarqalganini koʻrish mumkin. Islomdan oldin yarimorolning koʻp hududlarida yahud jamoalari mavjud boʻlgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Yahudiylar bilan birga Arabistonga yahudiy dini ham kirib keldi.
- Xristian dini ham Arabistonga tashqaridan kirib keldi. Xristianlar boshqa yerlardagi singari qadimgi Arabistonda ham keng mubashshirlik (xristian dinini tarqatish) ishlarni olib bordilar. Qurʼon va islom arafasidagi johiliya sheʼriyatida xristianlar “nosoro” (nasroniylar) deb atalgan
- Arabistonga kirib kelgan “tashqi” dinlardan yana biri –majusiylik (zardushtiylik)dir. Zardushtiylik kohinlari mugʻ deb atalgan, buni yunonlar va ruslar mag – magi, arablar esa al-majus shaklida qabul qilganlar. al-Majus jamoasi Qurʼonda mustaqil din sifatida zikr qilinishiga qaraganda (Haj, 17) johiliya arablarida bu haqda aniq tushuncha boʻlgan
Do'stlaringiz bilan baham: |