Yahudiylik
Yahudiylik
mavzusidagi maqolalar
Kategoriya
Yahudiylar · Yahudiylik ·
Mazhablar
Yahudiy falsafa
Diniy matnlar
Muqaddas shaharlar
Muhim shaxslar
Hayot tarzi
Ravvin
Sinagog
Yahudiylik va boshqa dinlar
Antisemitizm ·
Filosemitizm
·
Yeshiva
Xolokost
Iudaizm, iudaizm — asosan, yahudiylar
oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan
biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida
Quddus (Falastin)da vujudga kelgan.
Arabiston yarim orolningshimolida
koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av.
13-asrda Falastinni bosib oldilar va mil.
av. 10-asrda Isroil — Yaxudiya davlatini
tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-
odatlari va Falastin xalqparining ayrim
eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan.
I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining
nomidan olingan.
Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini
boʻlgan. Mil. av. 10—6-asrlarda I.
yakkaxudolik (monoteistik) dinga
aylangan. Olamni yaratuvchi xudo
Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va
yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga
shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning
mumtoz bandalari ekaniga, Muso
(Moisey) ning paygʻambarligiga va unga
ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi
dunyoga, mahdiy (messiya)ning
kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-
shiga, jannat va doʻzaxga,
gunohkorlarning jazolanishi va savob ish
qilganlarning ragʻbatlantirilishiga
ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I.
dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-
odatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziq-
ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni
hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik,
diniy soliklar va yigʻimlar kabi talablar
juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. I.ning asosiy
diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa
belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali
dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy
va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng
qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil.
av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va
yangi davr I.i (modernistik I.). Eng
qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki
davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil.
av. 11 — 10-asrlar)ning , keyinroq ular
birlashgach, yagona yahudiy davlatining
dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks
etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha,
uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki
tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida
shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib
olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri
boshlanadi. Mil. av. 586 y. yangi Bo-bil
podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani
yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni
asirga oldi. 50 y. davom etgan "Bobil
asirligi" va undan keyingi davrlarda
minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar.
"Kdsimgi axd" matnlarining asosiy qismi
ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y.
Quddus ibodatxonasining qulashi va
Talmudning yozilishi orasidagi vaqt
ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari
Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida
vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri
ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-
asrda, Bobil Talmudi — 5-asrda eʼlon
qilindi.
7—17-asrlarda yahudiy ruhoniylari
(ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va
Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar.
Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin
adabiyoti vujudga kelgan. 18-asrdan diniy
talablarni davrga moslashtirish,
soddalashtirish va yengillashtirish
harakatlari avj oldi.
I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-
xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan,
ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil.
av. 2-asrdan milodning 2-asrigacha
farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar
jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan.
Ortodoksal I. bilan bu mazhablar
oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-
asrlarida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan
ayrim oqimlar (yahudiy-xristian
sektalari)ning borgan sayin I.dan
yiroklashib borishi jarayenida xristian dini
mustaqil din sifatida ajralib chiqqan
(qarang
Xristianlik
).
I.ga eʼtiqod qiluvchilar 18 mln.ga yaqin,
ularning uchdan bir qismi AQSH dadir.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Dunyo dinlaridan biri haqidagi ushbu
maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yahudiylik&oldid=2069144
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |