Duglas bo
‘
shlig
‘
i
deb ataladi.
Bachadon hayz ko‘rish, homilani bag‘riga olib rivojlantirish va
yetilgan homilani tug‘ruq yo‘llari orqali haydab chiqarish (tug‘ruq)
funksiyalarini bajaradi. Yetuklik davrining boshidan oxirigacha katta
yoshli ayol bachadonining shilliq pardasida to‘g‘ri tartib bilan tak-
rorlanuvchi murakkab o‘zgarishlar ro‘y berib, homiladorlik uchun
qulay sharoit tug‘diradi. Homiladorlik davrida bachadon homilani
saqlab turadi: urug‘langan tuxumhujayra bachadonga payvandlanib,
qorindagi homila taraqqiy etadi. Homila yetilib, ona qornidan
tashqarida yashashga qodir bo‘lgach, bachadon homilani tashqariga
haydaydi, bolaning tug‘ilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |