1. Tug‘ruq, tug‘ruq darakchilari va tug‘ruq davrlari.
2. Normal tug‘ruq biomexanizmi. Homila boshi ensa bilan
joylashuvining oldingi turida tug‘ruq biomexanizmi.
4. Tug‘ruqning davomiyligi.
151
XI BOB. TUG‘RUQNI BOSHQARISH
TUG
‘
UVCHI AYOLLARNI QABUL QILISH VA
SANITARIYA ISHLOVIDAN O
‘
TKAZISH
Tug‘uvchi ayollar tug‘ruq kompleksiga kelgach ustki kiyimini
dahlizda qoldirib, filtrga o‘tadi.
Filtrda sog‘lom tug‘uvchilar bemor yoki yuqumli kasalliklarga
shubhasi bo‘lgan ayollardan ajratiladi.
Akusher tug‘uvchi ayolning umumiy ahvoli bilan tanishadi,
yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar bilan yaqin aloqada
bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlaydi, ayolni birinchi marta ko‘zdan
kechiradi, terisiga (madda, furunkulyoz, chiðqon bor-yo‘qligi),
tomog‘iga (qizarganligi, karash boylaganligi) va jinsiy a’zolariga
(yiring chiqayotganligi, kondilomalar va shu kabilar bor-yo‘qligi)
e’tibor beradi. Shu yerda yana ayolning tana harorati o‘lchanadi va
tomir urishi (pulsi) sanaladi.
Sog‘lom tug‘uvchilar filtrdan birinchi akusherlik bo‘limining
ko‘rik va dushxonasiga yuboriladi (ko‘rik-dushxona bitta bo‘lishi
mumkin).
Tana harorati ko‘tarilgan, terisida yiringli kasalliklar bo‘lgan,
griðp, angina va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan
tug‘uvchilar filtrdan maxsus izolatorga o‘tkaziladi.
Ko‘rik-dushxonada tug‘uvchilar tekshirilib, sanitariya qayta
ishlovidan o‘tkaziladi.
Buning uchun quyidagi asbob-anjomlar kerak: 1) kushetka,
2) stol, 3) Esmarx krujkasi, 4 shtativ, 5) tug‘uvchi ayolni tor-
tish uchun tarozi, rostomer (bo‘y o‘lchagich), 6) termometrlar,
7) akusherlik stetoskopi va oddiy stetoskop, 8) tazomer, 9) san-
timetrli tasma, 10) huqnalar uchun nakonechniklar jamlamasi,
11) tug‘uvchi ayolning tashqi jinsiy a’zolarini yuvish uchun Es-
marx krujkasi (nakonechniklari bilan), 12) ustara, 13) qo‘l yuv-
ish uchun steril cho‘tkalar, 14) tug‘uvchi ayolning yuvinishi
uchun qaynatilgan mochalka, 15) steril materialni ushlash uchun
steril pinset va kornsanglar, 16) arterial bosimni o‘lchash uchun
tonometr, 17) shpatel, 18) teri ostiga dori-eritma yuborish uchun
steril shpris va ignalar to‘plami, 19) qaychi, 20) qon guruhini
152
aniqlash uchun standart zardoblar va boshqa zarur narsalar, 21)
steril material (paxta, sharcha, salfetkalar), 22) spirt, yod, dez-
infeksiyalovchi moddalar (lizoform, xloramin), sovun, 23)
kleyonka, choyshab, sochiqlar, 24) sudna (tuvak).
Tug‘uvchi ayol tekshiriladi va sanitariya qayta ishlovidan
o‘tkaziladi.
1. Anamnez to‘planib, pasportdagi ma’lumotlar tug‘ruq tarixiga
yoziladi.
2. Badan, ko‘zga ko‘rinib turgan shilliq pardalar, qorin, cha-
noq sohalari sinchiklab ko‘zdan kechiriladi, yurak, o‘pka
(perkussiya, auskultatsiya qilinadi) va boshqa a’zolar tekshiriladi.
Tug‘uvchi ayolning bo‘yi o‘lchanadi va vazni tarozida tortib aniqla-
nadi. Tug‘ruqqa kelgan tug‘uvchi har bir ayolning arterial bosimi,
albatta o‘lchanadi.
3. Tug‘uvchi ayol toza choyshab yozilgan kushetkaga yotqizilib,
tashqi tekshirish o‘tkaziladi (palpatsiya, auskultatsiya qilinadi,
bachadon tubining balandligi, qorin hajmi va chanoq o‘lchanadi),
tashqi jinsiy a’zolar ko‘zdan kechiriladi. Tug‘uvchi ayolni qin
orqali, odatda sanitariya ko‘rigi xonasida emas, balki tug‘ruq
bo‘lmasida tekshiriladi.
Tug‘uvchi ayolni obyektiv tekshirishda olingan hamma
ma’lumotlar tug‘ruq tarixiga yoziladi.
4. Tashqi jinsiy a’zolar juni qiriladi (ustaralar hamisha spirtli
idishda saqlanadi). Akusher oldin qo‘llarini yuvib, spirt bilan artadi.
So‘ngra tug‘uvchi ayolning tashqi jinsiy a’zolarini steril paxta yoki
cho‘tkada sovunlaydi, qov, katta jinsiy lablar va oraliq junini qirib
tozalanadi (80-rasm, a).
5. Juni qirilib bo‘lgach,
tashqi jinsiy a’zolar kuchsiz
dezinfeksiyalovchi eritma (0,5%
li xloramin eritmasi, 1:6000
nisbatdagi kaliy permanganat
eritmasi) bilan yuviladi (80-
rasm,
b
), kornsangga qisilgan
steril doka bilan quritiladi.
Vrachning maxsus ko‘rsatmasi
bo‘lmasa, tug‘uvchi ayollar-
ning qini chayilmaydi.
80-rasm.
Tashqi jinsiy a’zolarni
tug‘ruqqa tayyorlash:
a-qov va tashqi jinsiy a’zolar junini
qirish; b-tashqi jinsiy a’zolarni dezin-
feksiyalovchi eritma bilan yuvish.
153
Qindan patologik chiqindi kelmayotgan bo‘lsa, tug‘uvchi ayolga
toza, quruq tuvak tutiladi. Tuvakdan 8–10 ml siydik olib tekshi-
riladi.
Qindan yiringsimon yoki qon aralash chiqindi kelayotgan
bo‘lsa, siydikni steril kateter bilan olib tekshiriladi. Kateterlashdan
oldin qo‘l yana yuvilib, spirt bilan tozalanadi, vulva dezinfeksi-
yalovchi eritma bilan artiladi.
Tug‘uvchi ayolning
Do'stlaringiz bilan baham: