125
Akusherlar hisobidagi V oy (20 hafta) oxirida bachadon tubi
kindikdan ikki barmoq enicha pastda turadi; qorin devorining
do‘ppayganligi sezilib turadi.
Akusherlar hisobidagi VI oy (24 hafta) oxirida bachadon tubi
kindik ro‘parasida turadi.
Akusherlar hisobidagi VII oy (28 hafta) oxirida bachadon tubi
kindikdan 2–3 barmoq enicha yuqorida bo‘ladi.
Akusherlar hisobidagi VIII oy (32 hafta) oxirida bachadon
tubi to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i bilan kindik o‘rtasida
turadi. Kindik tekislana boshlaydi. Kindik ro‘parasida qorin aylanasi
80–85 sm bo‘ladi.
Akusherlar hisobidagi IX oy (36 hafta) oxirida bachadon tubi
xanjarsimon o‘siq va qovurg‘alar ravog‘igacha ko‘tariladi. Bu homi-
lali bachadon tubining eng ko‘p ko‘tarilgan nuqtasidir. Qorin ay-
lanasi o‘rta hisob bilan 90 sm. Kindik tekislangan bo‘ladi.
Akusherlar hisobidagi X oy (40 hafta) oxirida bachadon tubi
to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i bilan kindikning qoq o‘rtasida
turadi, ya’ni VIII oy oxirida qay balandlikda turgan bo‘lsa, o‘sha
balandlikka tushadi. Kindik do‘ppayib turadi. Qorin aylanasi 95–98
sm, homila boshi pastga tushib, birinchi marta homilador bo‘lgan
ayollarda chanoq kirish qismiga taqaladi yoki chanoq kirish qismida
kichik segmenti bilan turadi.
Homiladorlikning VIII va X oylarida bachadon tubi bir sathda
tursa ham, qorin aylanasi (VIII oyda 80–85 sm, X oyda 95–98
sm), homila boshining vaziyati (VIII oyda kichik chanoq kirish
qismidan yuqorida «liqillab» turadi, X oyda pastga tushadi, birinchi
marta homilador bo‘lgan ayollarda chanoq kirish qismiga kirib
qimirlamay turadi), kindik holati (VIII oyda tekislanadi, X oyda
do‘ppayib turadi) farq qiladi.
X oy oxirida homilador ayollar qorni osilib ketganligini, nafas
olishi osonlashganligini qayd qiladilar.
Homiladorlik muddatini aniqlash uchun bachadon tubining
qovdan qancha balandda ekanligini bilish va qorin hajmini o‘lchash
bir qadar ahamiyatli. Bachadon tubining qovdan qancha balandda
ekanligi santimetrli lenta yoki tazomer bilan o‘lchanadi. Ayol
chalqancha yotib, oyoqlarini to‘g‘ri uzatadi, tekshirishdan oldin
qovug‘i bo‘shatilgan bo‘ladi. Simfizning yuqori chekkasi bilan
bachadon tubi o‘rtasidagi masofa o‘lchanadi.
126
Bachadon tubining qovdan balandligi homiladorlikning bir
xil muddatida o‘lchanganda turli ayollarda 2—4 sm farq qilishi
mumkin; shu sababli homiladorlik muddatini aniqlashda bacha-
don tubining balandligi haqidagi ma’lumotlar nisbiy ahamiyatga
egadir.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida qorin aylanasi santimetrli
lenta bilan o‘lchanadi, lenta oldingi tomondan kindik ro‘parasiga,
opqa tomondan esa bel sohasining o‘rtasiga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: