1. Distantia spinarum
– yonbosh suyaklarining oldingi yuqori
o‘siqlari o‘rtasidagi masofa.
Tazomer tugmachalari oldingi yuqori o‘siqlarining tashqi
chekkalariga qadaladi. Bu o‘lcham odatda 25–26 sm ga teng.
2. Distantia cristarum
– yonbosh suyaklari qirralarining eng
olis nuqtalari o‘rtasidagi masofa. Distantia spinarum o‘lchangandan
keyin tazomer tugmachalari yonbosh suyaklarining o‘siqlaridan
yonbosh suyaklari qirralarining tashqi chetiga eng katta masofa
aniqlanguncha surib boriladi; bu masofa distantia cristarum bo‘lib,
o‘rta hisobda 28–29 sm ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |