Maket Akusherlik 2013. pmd


Pastki  (tashqi)  qavat



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Pastki 

(tashqi) 



qavat 

oraliq-


ning pay markazida yig‘iladigan

muskullaridan iborat; bu mus-

kullarning joylashuv shakli cha-

noq suyaklariga osilgan sakkiz shaklini eslatadi.

1. Piyoz-g‘orsimon muskul (

m. bulbocavernosus

) qin og‘zini

o‘rab turadi, pay markaziga va klitorga yopishadi; bu muskul

qisqarganda qin og‘zini qisadi.



2

7

6

10

2

3

4

5

1

9

8

24-rasm. 

Chanoq tubining

muskullari:

1–piyoz-g‘orsimon muskul; 2–

quymich-g‘orsimon muskul; 3–ora-

liqning yuza-ko‘ndalang muskuli; 4–

oraliqning pay markazi; 5–to‘g‘ri ichak

sfinktri; 6–siydik-tanosil diafragmasi;

7–Bartolin bezi; 8–10–chanoq di-

afragmasi (



m. levator ani

).



73

2. Quymich-g‘orsimon muskul (



m. ischio-cavernosus

) quymich

suyagining pastki tarmog‘idan boshlanadi va klitorga yopishadi.

3. Orqa chiqaruv teshigini qisuvchi tashqi muskul (



m.

 

sphincter

ani externus

) to‘g‘ri ichak oxirini o‘rab turadi. Qisuvchi tashqi

muskulning chuqur tutamlari dum suyagining uchidan boshlana-

di, orqa chiqaruv teshigini o‘rab oladi va oraliqning pay markazida

tugaydi.

4. Oraliqning yuzadagi ko‘ndalang muskuli (



m. transversus peri

-

nei superficialis

) pay markazidan boshlanib, o‘ngga va chapga bo-

radi-da, quymich do‘mboqlariga yopishadi.

Chanoq muskullarining o‘rta qavati – siydik-tanosil diafragmasi

(

diaphragma urogenitale

) chanoqdan chiqish teshigining oldingi

yarmini egallaydi. Siydik-tanosil diafragmasi simfiz ostida, qov

ravog‘ida yotgan uchburchak muskul-fassiya plastinkasidan iborat.

Siydik chiqarish kanali (uretra) va qin shu plastinka orasidan

o‘tadi. Siydik-tanosil diafragmasining oldingi bo‘limida muskul

tutamlari uretrani o‘rab turadi va uning tashqi sfinkterini hosil

qiladi; siydik-tanosil diafragmasining orqa bo‘limida yotgan muskul

tutamlari ko‘ndalangiga yo‘l olib, quymich do‘mboqlariga boradi.

Siydik-tanosil diafragmasining ana shu qismi oraliqning chuqur

ko‘ndalang muskuli (



t. transversus perinei profundus

) deb ataladi.

Oraliq muskullarning yuqori (ichki) qavati chanoq diafragmasi

(

diaphragma pelvis

) deb ataladi.

Chanoq diafragmasi orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi bir

juft muskul (

m. levator ani

)dan iborat.

Orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi ikkala serbar muskul gum-

baz hosil qiladi. Gumbaz uchi pastga qaragan bo‘lib, to‘g‘ri ichak-

ning pastki bo‘limiga (orqa chiqaruv teshigining picha yuqorisidan)

yopishadi. Gumbazning enli asosi yuqoriga qaragan bo‘lib, chanoq

devorlarining ichki yuzasiga yopishadi. Chanoq diafragmasining ol-

dingi bo‘limida, orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi muskullarning

tutamlari orasida uzunasiga yotgan yoriq (

hiatus genitalis

) bor, bu

yoriq orqali chanoqdan uretra va qin chiqadi. Orqa chiqaruv teshigini

ko‘taruvchi muskullar chanoq devorlarining turli bo‘limlaridan

boshlanuvchi ayrim muskul tutamlaridan iborat; chanoq muskul-

larining bu qavati hammasidan qalinroq.

Chanoq tubining barcha muskullari fassiyalar bilan qoplangan.

Chanoq tubining fassiyalar bilan qoplangan muskullari quyi-

dagi juda muhim funksiyalarni o‘taydi.



74

1. Chanoq tubi ichki jinsiy a’zolar uchun tayanch vazifasini

bajaradi, ularning normal o‘rnida turishiga yordam beradi. Orqa

chiqaruv teshigini ko‘taruvchi muskullar alohida ahamiyatli

bo‘lib, qisqarganda jinsiy yoriq yumiladi, to‘g‘ri ichak va qin

bo‘shlig‘i torayadi. Chanoq tubining muskullari shikastlanganda jin-

siy a’zolar, shuningdek qovuq bilan to‘g‘ri ichak pastga tushadi va

tashqariga chiqib qoladi.

2. Chanoq tubi jinsiy a’zolarnigina emas, ichki a’zolarni ham

ko‘tarib turadi. Chanoq tubining muskullari qorin ichidagi bosimni

boshqarishda diafragma (ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to‘siq) va

qorin devorining muskullari bilan

birgalikda qatnashadi.

3. Tug‘ruq vaqtida homila tug‘i-

layotganida chanoq muskullarining

uchala qavati cho‘zilib, suyak tug‘-

ruq kanalining davomi hisoblana-

digan keng naychani hosil qiladi

(25-rasm). Homila tug‘ilgach cha-

noq tubining muskullari yana qis-

qarib, avvalgi vaziyatiga qaytadi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish