qovug‘i bo‘shatiladi. Tashqi jinsiy organlar akusherlik operatsiyalari
uchun qabul qilingan qoidalarga muvofiq tozalanadi. Qo‘l sinchik-
moyi ko‘plab surtiladi. Operatsiya efir narkozi bilan qilinadi; aku-
bu operatsiyani qilishga yo‘l qo‘yiladi.
qo‘l («akusher qo‘li») qinga, so‘ngra bachadonga suqiladi. Qo‘l
bo‘ladi. O‘ng qo‘l bachadon bo‘ynining teshigiga, suqilayotgan
kasini topish kerak (platsenta ko‘chgan bo‘lishi mumkin). So‘ngra
ichkaridagi qo‘lga yordam berib turadi (133-rasm). Platsenta ko‘-
kindikdan ushlab tortib olinadi. Bachadonda qolgan o‘ng qo‘l esa
277
platsenta zarralarining ushlanib qolish ehtimo-
lini to‘la-to‘kis bartaraf qilish uchun bacha-
donning ichki yuzasini yana bir marta sin-
chiklab tekshiradi. Yo‘ldosh to‘la ko‘chirilgach,
bachadon devorlari silliq, faqat platsentar may-
doncha qisman g‘adir-budur bo‘ladi, chunki
unda desidual parda parchalari qolishi mumkin.
Bachadon devorlari nazorat maqsadida
tekshirilgach, bachadon ichiga yod surtib,
qo‘l bachadon bo‘shlig‘idan chiqarib olinadi.
Tug‘uvchi ayolning terisi ostiga 1 ml ergotin,
1 ml pituitrin yuboriladi, qorinning pastiga
muzli xalta qo‘yiladi; anemiya bo‘lsa, qon, plazma yoki qon
o‘rnini bosuvchi suyuqliklar quyiladi. Qon ketishi davom etaversa,
qon oqishini to‘xtatish uchun navbatdagi choralar ko‘riladi.
Platsenta qo‘lda ko‘chirilguncha chilladagi infeksiya avj olishiga
moyil bo‘ladigan ko‘ngilsiz hodisalar qayd qilingan (tug‘ruq
cho‘zilib ketgan, suvsiz davr uzoq davom etgan, tug‘ruqda en-
dometrit belgilari paydo bo‘lgan va hokazo) bo‘lsa, tuqqan ayolga
2–3 kun mobaynida sutkasiga 4–5 mahal 1 g dan norsulfazol yoki
boshqa sulfanilamid preparatlar ichirish tavsiya etiladi, Muskul
orasiga 2–3 kun mobaynida har 3 soatda 50000–100000 birlikdan
penitsillin yoki boshqa antibiotiklar yuborish mumkin.
Platsentani yoki uning bachadonda qolgan qismlarini qo‘lda
ko‘chirish aksari qiyin bo‘lmaydi. Platsenta chinakamiga yopishib
qolganda vorsinkalar bachadon devoriga o‘sib kirganligi uchun uni
qo‘lda ko‘chirib bo‘lmaydi. Bunday hollarda platsentani zo‘rlik bilan
ko‘chirish oqibatida bachadon teshilib, ayol halok bo‘lishi mumkin.
Platsenta chinakamiga yopishib qolganda bachadonni olib tashlashga
to‘g‘ri keladi. Shu sababli bunday hollarda mustaqil ishlayotgan
akusher bachadonni tamponlab, tezlik bilan vrach chaqiradi yoki
tug‘uvchi ayolni tug‘ruqxonaga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: