Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

CHAQALOQLARNI EMIZISH.

ONA SUTINING AHAMIYATI VA TARKIBI

Chaqaloqlar uchun normal ovqat – 



ona sutidir

. Bola emizib

boqilgandagina tamomila to‘g‘ri o‘sadi va yetiladi. Emizib boqilayotgan

bolalar o‘rtasida kasallanish va o‘lim sun’iy boqilayotgan bolalarga

nisbatan bir necha marta kam uchraydi. Ona suti bilan boqish bolani

oziqa bilan ta’minlashdan tashqari boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega:

infeksiya xavfini kamaytiradi, allergiya rivojlanishining oldini oladi,

bola bilan ruhiy aloqani taraqqiy ettiradi, laktatsion amenoreya usuli

sifatida istalmagan homiladorlikning oldini oladi. Shuning uchun tib-

biyot xodimlari emizishning ahamiyatini ayollarga tushuntiradilar va

har bir ona o‘z bolasini emizishi uchun barcha chorani ko‘radilar.

Ona suti oq suyuqlik bo‘lib, zardobga yoyilgan mayda-mayda

yog‘ tomchilari emulsiyasidan iborat. Sut ishqoriy reaksiyali bo‘lib,

qaynatilganda ivimaydi. Sutning tarkibida 77–78% suv, 1,5–2%

oqsil (kazein, albumin), 3,5–4% yog‘lar, 6,6–7,5% qand, 0,18–

0,2% tuzlar mavjud.

Tuqqan ayollarning aksariyati (80–90%) o‘z bolalarini, ay-

niqsa, dastlabki hafta va oylarda emiza oladi. Ko‘krak suti bilan bo-

qish muvaffaqiyati emizish qoidalari va texnikasiga rioya qilishga

ko‘p jihatdan bog‘liq.

Yetilib tug‘ilgan chaqaloqlar, odatda, tug‘ruqdan keyin ko‘p

o‘tmay birinchi marta emiziladi. Chala tug‘ilgan chaqaloqlar boshqa

asoratlar bo‘lmasa, 30–60 daqiqa ichida emizilishi kerak.

Yetilib tug‘ilgan chaqaloqlar sutkada 6 marta, har 3 soatda

emiziladi, kechasi 6 soat emizmay tanaffus qilinadi.

Emizishda chaqaloqqa infeksiya yuqmasligi uchun quyidagi qoi-

dalarga rioya qilinadi.

1. Tomchilar orqali yuqadigan infeksiyalarning oldini olish

uchun ona emizgan vaqtda og‘iz-burniga niqob tutadi.

2. Tuqqan ayol har gal bola emizishdan oldin qo‘llarini iliq

suvda sovunlab yuvadi.

3. Har gal bola emizishdan oldin emchak uchlari qaynagan

suvga yuviladi.

Chaqaloqni emizgan vaqtda onaning yotgan o‘rniga maxsus

yo‘rgak solinib, bola shu yo‘rgakka yotqiziladi.

Emizish texnikasining katta ahamiyati bop. Tug‘ruqdan keyingi

dastlabki kunlarda ona yonida yotgan bolasiga salgina burilib va uni



194

qo‘l bilan ushlab turib emizadi. Tuqqan ayol 4-kundan boshlab

bolasini o‘tirib emizadi. Keyinchalik ona stul yoki kursiga o‘tirib,

bir oyog‘ini skameykaga qo‘yadi, bolani tizzasiga olib, boshi va

orqasidan bir qo‘li bilan ushlab turadi.

Ayol bola emizishdan oldin bir necha tomchi sutni bo‘sh qo‘li

bilan sog‘ib chiqaradi va shu tariqa, sut yo‘llarining ifloslanishini

bartaraf qiladi. Shundan keyin emchak uchini ishora va bosh bar-

moqlari bilan ushlab, qoramtir doirachasi bilan birga bolaning

og‘ziga solinadi. Bola emchak uchini va uning atrofidagi qoramtir

doirachani og‘ziga olganda to‘g‘ri emadi va havo yutib yubormaydi.

Bola emizgan vaqtda uning burun kataklari ko‘krakka tegib qolmas-

ligiga qarab turish kerak. Burun kataklari bekilib qolsa, bolaning

nafas olishiga halal beradi. Tuqqan ayol bola emizib bo‘lgandan

keyin emchak uchini quritadi va toza lifchik tutadi (lifchik sut bez-

larini tagidan ko‘tarib turadi). Emchak uchining terisi nozik bo‘lsa,

bola emizishdan keyin steril vazelin moyidan surtib, bir parcha

paxta yoki doka yopib qo‘yish kerak. Har bir emizishda bolaning

og‘ziga faqat bir emchaknigina solish kerak.

Tug‘ruqdan keyingi dastlabki kunlarda sut hali kam bo‘ladi, shu-

ningdek sut sekretsiyasi susayganligi (giðogalaktiya) qayd qilinadi,

faqat o‘sha kunlari ikkinchi emchakni ham solish mumkin. Har bir

emizish 15–20 daqiqa davom etadi, yaxshi emadigan bola zarur

miqdordagi sutning qariyb yarmini dastlabki 5 daqiqada so‘rib oladi.

Har bir emizishda ko‘krak bezi sutdan batamom bo‘shashi kerak. Sut

bezlari chala bo‘shaganda sut kam ishlanadigan bo‘lib qolishi mumkin.

Bola emizishdan keyin ko‘krakda qolgan sutni qo‘lda sog‘ish

yoki qaynatilgan sutso‘rg‘ich bilan tortib olish zarur.

Emchak uchi yassi va ichiga tortilgan bo‘lsa, shuningdek yoril-

ganda rezina so‘rg‘ichli shisha nakladka orqali emizish tavsiya etiladi.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish