HOMILADORLIK DIAGNOSTIKASINING
BIOLOGIK USULLARI
Homiladorlik diagnozi odatda klinik tekshirish ma’lumotlari
(anamnez, ko‘zdan kechirish, qin orqali tekshirish va hokazo)ga
asoslanib aniqlanadi. Ko‘pincha patologik homiladorlikning ba’zi
turlarini aniqlash qiyin bo‘lib qoladi. Masalan, bachadondan
tashqaridagi homiladorlikni bachadon ortiqlarining
yallig‘lanishidan ajratish hamisha oson bo‘lavermaydi; ba’zan
homiladorlikni bachadon o‘smasidan ajratish qiyin bo‘ladi va
hokazo.
Bunday hollarda ayolni klinik usullar bilan sinchiklab tekshi-
rishdan tashqari, homiladorlik diagnostikasining gormonal (bio-
logik) usullari ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |