Homilador ayolni qin orqali tek-
shirish.
Katta va kichik jinsiy lablar
chap qo‘lning ishora barmog‘i va bosh
barmog‘i bilan keriladi; o‘ng qo‘lning ishora barmog‘i bilan o‘rta
barmog‘i qinga avaylab suqiladi, bosh barmoq yuqoriga ko‘tariladi,
o‘rta barmoq bilan jimjiloq kaftga taqalib turadi (51-rasm,
a
), shu
barmoqlarning orqa tomoni esa oraliqqa tayanadi. Chanoq tubi
muskullari, qin devorlari (burmalari, cho‘ziluvchanligi, yum-
shaganligi), qin gumbazlari, bachadon bo‘yni (shakli, konsisten-
siyasi) va bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigi (yopiq-
ochiqligi, yumaloq yoki yoriq shaklida ekanligi va hokazo) bar-
moqlar bilan sinchiklab tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |