Ul sanamki, suv yaqosinda paridek o`lturur,
G`oyati nozukligidin suv bila yutsa bo`lur. (MN.63)
Muqimiy – hirotlik, darvesh mashrab shoir. Tasavvuf istilohlarini yaxshi bilgan.
Turkiy tarje‘bandidan bayt keltirilgan:
Sendin o`zga vujudda ne vujud. (MN.63)
Kamoliy – Balxda yashagan, turkigo‘y shoir, she‘rlari shuhratdan xoli bo‘lmagan. Matla‘i:
Irning qulidur nayshakar, ey jon beli bog`liq,
Gul dog`i yuzung bandasidur to`ni yamog`liq. (MN.63)
Sakkokiy – samarqandliklar bu shoirga g‘oyatda ixlosmand bo‘lishgan. Navoiy Samarqandda yashagan paytida uning she‘rlarini so‘ratadi. Sakkokiyning Xoja Muhammad Tarso, Xalil Sulton, Ulug‘bek Mirzo, Arslon Xoja Tarxonlarga bag‘ishlangan qasidalari bor.
Mirzo Xoji So`g`diy – samarqandlik, Navoiy bu shoir ba‘zida ajoyib ma‘noli she‘rlar yozar, lekin so‘zlarni rangli qilib bitar edi, deydi. Matla‘i:
Do'stlaringiz bilan baham: |