Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik. Majburiyatlarning bekor bo'lishi. Shartnoma to'g'risida umumiy qoidalar I



Download 15,01 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi15,01 Kb.
#398571
Bog'liq
Majburiyatlar-WPS Office



Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik. Majburiyatlarning bekor bo'lishi. Shartnoma to'g'risida umumiy qoidalar.i

Javoblar

1.Javobgarlikdan ozod qilish — baʼzi jinoyat qilganlarga jazo tayinlamaslik, tayinlangan jazoni oʻtashdan batamom yoki qisman ozod qilish. Jazodan ozod qilish jinoyat huquqining muhim insonparvarlik tamoyillaridan biri boʻlib, shaxsga nisbatan tayinlangan jinoiy jazoni ijro etmasdan ham uni tarbiyalash mumkin, u jamiyat uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi yoki jazoning qolgan qismini real ravishda oʻtashi maqsadga muvofiq emas, degan qatʼiy xulosaga kelinsa qoʻllaniladi. Oʻzbekisto Respublikasi jinoyat huquqiga koʻra, jazodan ozod qilish, sud tomonidan ayblov hukmi chiqarilib jazo tayinlanganidan keyingina qoʻllaniladi. Jinoiy jazodan faqat sud ozod qiladi. Shuningdek, Oʻzbekisto Respublikasining prezidentiga afv etish va amnistiya akti orqali jazodan ozod qilish vakolati berilgan. Jazodan ozod qilish 2 guruhga boʻlinadi: 1) jazodan toʻla ozod etish; 2) jazodan qisman ozod etish. Jazodan toʻla ozod etishda sud ayblov hukmini chiqargan va jazo tayinlangan holda jinoiy jazoni ijro etmaslik haqida qaror qabul qiladi. Bu guruhga jazodan ozod qilishning quyidagi turlari kiradi: jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi; shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi; aybdorning chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi; shartli hukm qilish. Jazodan qisman ozod etishda mahkum sud tomonidan tayinlangan jazoning bir qismini oʻtaydi hamda jazoning oʻtalmagan qismidan ozod etiladi yoxud ushbu jazo yengilrogʻi bilan almashtiriladi. Bu guruhga quyidagilar kiradi: jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish; jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilish, amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish xususiyatiga koʻra, toʻla yoki qisman jazodan ozod qilishga misol boʻlishi mumkin. Bulardan tashqari voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov choralarini qoʻllagan holda jazodan ozod qilish ham bor. Jazodan ozod qilishning har bir turini qoʻllash asoslari Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalarida koʻrsatilgan.

2. FKning 337-339-moddalari majburiyatning bajarilishi qarzdor yoki kreditor tomonidan kechiktirilgani uchun javobgarlik to’g’risidagi masalan,i tartibga soladigan qoidalarni belgilaydi.

Ijroning qarzdor tomonidan kechiktirilishi deb, majburiyatning u tomonidan belgilangan muddatda bajarilmasligi tushuniladi.

Majburiyatning bajarilishini kechiktirgan qarzdor bunday kechiktirishi natijasida kreditorga etkazilgan zararni to’lashga majbur bo’ladi. Mazkur zararning to’lanishini qarzdorni o’z majburiyatini asl holida bajarishidan ozod qilmaydi.

Qarzdorning aybi bilan majburiyatning ijro etilishining kechiktirilishi majburiyatning keyinchalik ijro etilishi imkoniyati bo’lmasligi uchun javobgarligini oshiradi.Agar majburiyatning ijro etilishi kechiktirilgan davrda mazkur majburiyat qarzdorning aybidan qat’i nazar, ijro etilishi mumkin bo’lmasa ham, u o’z aybi bilan majburiyatni ijro etmaganida qanday javobgarlikka tortiladigan bo’lsa, unga nisbatan xuddi shunday javobgarlik belgilanadi. Bunday hollarda javobgarlikni belgilash uchun qarzdor tomonidan kechiktirilishi asos qilib olinadi. Chunki qarzdor sotilgan narsani yoki ijaraga berilgan ashyoni o’z vaqtida topshirganida edi, ashyo tasodifan nobud bo’lmagan bo’lur edi, deb faraz qilinadi.Agar majburiyatning bajarilishi qarzdor tomonidan kechiktirilganligi tufayli uning keyinchalik bajarilishiga zarurat qolmagan bo’lsa, kreditor FKning 337-moddasi 2-qismida ko’rsatilganidek, ijroni qabul qilishdan bosh tortishga va zararni to’lashni talab qilishga haqli.Kreditorning kechiktirishi ham muhim huquqiy oqibatlar tug’diradi. Fuqarolik qonunchiligi yuqorida aytilganidek, majburiyatning bajarilishida qarzdorning ham, kreditorning ham manfaatlari bir bo’lishi zarurligini belgilaydi. Modomiki, taraflar majburiyatni bajarishda bir-biriga ko’maklashishlari lozim ekan, kreditor o’zining xatti-harakati bilan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishiga to’sqinlik qilmasligi, ijroni og’irlashtirmasligi kerak.Kreditorning kechiktirishi deganda, majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida to’sqinlik qilishga yoki bunday ijroning qiyinlashtirilishiga qaratilgan harakat tushuniladi. Bunday harakatning oqibati uchun kreditor mulkiy javobgar bo’lishi, ya’ni, bunday harakatning mulkiy oqibati kreditorning zimmasiga qo’yilishi kerak.Kechiktirishning oqibatlari FKning 338-moddasida ko’rsatil-gan. Bu moddada kreditorning shartnoma bo’yicha o’ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi tufayli etkazilgan zararni undirib olish huquqini berishi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin bo’lmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qilish, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qo’pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno ekanligi, pul majburiyati bo’yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foizlar to’lashga majbur emasligi ko’rsatilgan.Kreditorning kechiktirishi ikki turdagi xatti-harakatdan, birinchidan, kreditor o’ziga qarzdor tomonidan lozim drajadagi ijroni qabul qilmaslikdan, ikkinchidan, qarzdorning o’z majburiyatini bajarishga qadar kreditor tomonidan lozim bo’lgan harakatning u tomondan qilinmaganligidan iborat bo’lishi mumkin.

Yuqorida ko’rsatilgan holatlarni ba’zi misollar bilan tushuntirsa bo’ladi. Chunonchi, agar mahsulot oluvchi mahsulotni topshirishga tayyor ekanligi to’g’risida xabardor qilingan bo’lsa-yu, uni belgilangan muddatda olib ketmasa – majburiyatni kechiktirishga yo’l qo’ygan hisoblanadi.

Kreditor o’ziga yuklatilgan harakatlarni bajarmasa va bu harakatni bajarmasdan turib qarzdor majburiyatini ijro eta olmaydigan bo’lgan hollarda ham kreditor kechiktirgan

hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot etkazib berish shartnomasi bo’yicha mahsulot uni oluvchiga bevosita yuborilmay, balki sotib oluvchining taqsimotiga muvofiq ravishda shartnomada qatnashmagan boshqa tashkilotlarga jo’natilishi lozim bo’lganida belgilangan muddatda taqsimotning berilmasligi kreditorning kechiktirishini anglatadi. Boshqa bir misol: qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha buyurtmachi pudrat shartnomalari to’g’risidagi qoidalar bo’yicha o’z zimmasidagi harakatlarni bajarmaganida ham kreditorning kechiktirishi ko’rinadi.

Kreditor majburiyatni kechiktirishda o’z aybi yoki o’ziga qarashli shaxslarning aybi yo’qligini isbotlay olmasa, majburiyatning kechiktirilishi natijasida qarzdorga etkazilgan zararni to’lashga majbur bo’ladi. Chunonchi, belgilangan muddatda olib ketilmagan mahsulotlarni saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’lashi shart. Odatda, bunday hollarda neustoyka (penya, jarima) undiriladi. Chunonchi, “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni[142]da shartnomada belgilangan muddatda tovarlarni etkazib berganda ularni olishni asossiz rad etilishi uchun sotib oluvchi (kreditor) etkazib beruvchiga ushbu o’z muddatida olinmagan tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo’yicha esa – 10 foiz miqdorida jarima to’lashi belgilandi.

3. Har qanday huquqiy munosabat kabi majburiyat ham muayyan asoslar, ya’ni, muayyan yuridik faktlar mavjud boʻlgan vaqtda bekor boʻladi. Majburiyatning bekor boʻlishi deganda vujudga kelgan yuridik fakt tufayli majburiyat ishtirokchilari huquq va burchlarining bekor boʻlishi tushuniladi.Majburiyatlarni bekor boʻlish asoslari turkumlanganda ularning oqibatlari boʻyicha normal bekor boʻlish asoslari (bunda majburiyat ijro etiladi yoxud kreditor manfaatlari muayyan tarzda qanoatlantiriladi –hisobga oʻtkazish, voz kechish haqini toʻlash, majburiyat yangilanishi bilan bekor boʻlishi) va normal boʻlmagan holatlar boʻyicha majburiyatlarni bekor boʻlishi asoslari (majburiyatni bajarish mumkin boʻlmaganligi munosabati bilan bekor boʻlishi, fuqaroning vafot etishi, yuridik shaxs tugatilishi, tadbirkorlik subyektining bankrotligi orqali bekor boʻlishi va umidsiz qarz sifatida baholanadigan boshqa holatlar boʻyicha bekor boʻlishi) farqlanadi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, majburiyat quyidagi hollarda bekor boʻladi:

1) majburiyatning bajarilishi bilan;

2) voz kechish haqini berish bilan;

3) hisobga oʻtkazish bilan;

4) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan;

5) qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib qolishi bilan;

6) majburiyat yangilanishi bilan;

7) qarzdan voz kechish bilan;

8) bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli;

9) davlat organi hujjati asosida;

10) fuqaroning vafot etishi bilan;

11) yuridik shaxs tugatilishi bilan.

Yuqorida koʻrsatilgan umumiy asoslardan tashqari majburiyatlarni bekor qiladigan yana ba’zi asoslar ham mavjud, ularning ayrim turlari FKning tegishli boblarida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 32-bobida mulkni ijaraga oluvchi shartnomani istagan vaqtida bir tomonlama bekor qila olishi mumkinligi koʻrsatiladi

4. Bitim — 1) huqukda shartnoma, kontrakt, xalkaro shartnoma, konvensiya tushunchalarining sinonimi. 2) Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakati. B. bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama boʻlishi mumkin (qarang Shartnomalar). B. tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bulsa, bunday B. bir taraflama B. hisoblanadi. B.lar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas molmulk bilan bogʻliq B.lar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzok, muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan, shuningdek huquqtartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan B.; 14 yoshga toʻlmagan shaxslar; ruhiy kasalligi va aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan B.; qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan B. oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. 14 yoshdan 18 yoshgachaboʻlgan voyaga yetmagan shaxslar; muomala layoqati cheklangan fuqarolar; harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan fuqarolar tomonidan; shuningdek yanglishish taʼsirida tuzilgan B.; aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining 2taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan B.; yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan B. sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin

Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Sh. mazmuni bayon qilingan hujjat ham "SH." termini bilan ataladi. "SH." soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Sh. tuzishda erkindirlar. Sh. tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Sh. tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Sh. toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Sh. tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar).

6. Shartnomalar – bu bitim ishtirokchilarining asosiy kelishuvlarini qayd qiladigan hujjatlardir. Ular mamlakat doirasida va tashqi savdo oborotida tovarlar va moliyaviy mablagʻlarning harakatini ta’minlaydi.Barcha tadbirkorlar shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar, bu esa ulardan muayyan ishlarni talab qiladi. Jumladan korхonaning oʻzida shartnomani imzolashdan oldin uning loyihasi tuziladi, kontragent bilan kelishiladi, tuzatish va qoʻshimchalar kiritiladi, qonunga muvofiqligi tekshiriladi va h.k. Shtatlar soni cheklanmagan va moliyaviy хarajatlarini qisqartirishga majbur boʻlmagan sub’yektlar oʻzlarida tegishli boʻlimlarni tashkil qiladilar, u yerga shunday ishlarni bajarish uchun maхsus iqtisodchilar va yuristlar jalb qilinadi. Kichik biznes har doim ham bunday imkoniyatga ega boʻlmaydi, natijada bir qator savollar yuzaga keladi.Shartnomani oʻqish va bajarish qulay boʻlishi uchun uning bandlari boʻlimlarga birlashtiriladi. Boʻlimlarning nomlari tuzilgan bitimning muhim shartlarini aks ettiradi. Shartnomaning turi va murakkabligidan qat’i nazar unda asosan quyidagi boʻlimlar koʻzda tutiladi:

Shartnoma predmeti;

Taraflarning huquq va majburiyatlari;

Shartnoma summasi va hisob-kitob tartibi;

Taraflarning javobgarligi;

Nizolarni hal qilish tartibi;

Fors-major;

7. 382-modda. Shartnomani o`zgartirish

va bekor qilish asoslari

Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:

1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;

2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o`zga hollarda.

Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo`lgan narsadan ko`p darajada mahrum bo`ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.

Bir taraf shartnomani bajarishdan to`la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo`l qo`yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o`zgartirilgan hisoblanadi.

8. 379-modda. Kim oshdi savdosida shartnoma tuzish

Agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tartib anglashilmasa, u kim oshdi savdosini o`tkazish yo`li bilan tuzilishi mumkin. Shartnoma kim oshdi savdosida g`olib chiqqan shaxs bilan tuziladi.

Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq еgasi yoxud ixtisoslashgan tashkilot kim oshdi savdosining tashkilotchisi bo`lishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq еgasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki o`z nomidan harakat qiladi.

Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda ko`rsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish to`g`risidagi shartnomalar faqat kim oshdi savdosi o`tkazish yo`li bilan tuzilishi mumkin.

Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o`tkaziladi.

Kim oshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy huquqning еgasi tomonidan belgilanadi.

Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auksion va tanlov o`tkazilmagan hisoblanadi.

Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, sud qarorini ijro еtish tartibida o`tkaziladigan kim oshdi savdosiga nisbatan ham qo`llaniladi.

10. 333-modda. Majburiyatlarni buzganlik

uchun javobgarlik asoslari

Qarzdor aybi bo`lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o`ziga bog`liq bo`lgan hamma choralarni ko`rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.

Aybning yo`qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.

Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo`lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo`lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo`lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo`ladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo`qligi, qarzdorda zarur pul mablag`larining bo`lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi.

Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash to`g`risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy еmas.


Download 15,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish